Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Turkmaniston yirik zilzilaga tayyorgarlik boshladi. Odamlarni ko‘chirish uchun lagerlar tashkil qilinmoqda
Turkmaniston hukumati zilzila va boshqa ofatlar yuz berganda mahalliy aholini evakuatsiya qilish uchun mamlakatning har bir hududida lagerlar tashkil etish niyatida. Bu haqda viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda Lebap viloyati Ichki ishlar vazirligiga qarashli korxona, shifoxona va boshqarmalar rahbarlariga ma’lum qilingan.

Vaqtinchalik turar joy zonalarining yaratilishiga so‘nggi paytlarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida, jumladan Turkmanistonda sodir bo‘lgan bir necha kuchli zilzilalar sabab bo‘lgan. 

Turkmanistonlik seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinda mamlakatda sodir bo‘lgan silkinishlar kuchi (21 mart kuni epimarkazi Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismida 6,5 balli zilzila sodir bo‘lgan) 4,8 ballga yetgan. Qurbonlar va vayronalar bo‘lmaganiga qaramay, keyingi uch kun davomida Turkmanistonning barcha huquq-tartibot idoralari kuchaytirilgan rejimda ishladi. 

Yig‘ilish ishtirokchilariga ma’muriy markazdan 8-10 kilometr uzoqlikdagi har bir viloyatda 20 gektar maydonda tabiiy yoki texnogen oqibatlar sodir bo‘lgan taqdirda aholining vaqtincha yashashi uchun hududlar tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilingani haqida ma’lumot berilgan. U yerda chodirlar va suv idishlari o‘rnatiladi. Viloyatlarda joylashgan harbiy qismlar ushbu hududlarni chodirlar, ko‘rpa-to‘shaklar va matraslar bilan ta’minlashi kerak. 

Omborlarga oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun joylar ajratiladi, ular kamida 15 kun kunga yetarli bo‘lishi kerak. Shuningdek, dori-darmon, bint, gigiyena vositalari va zarur tovarlar zaxirasi yaratiladi. 

Ichki ishlar organlariga banklar, davlatga qarashli do‘konlar va oziq-ovqat omborlari hamda zavod va fabrikalar omborlarida signalizatsiya vositalarining ishlashini tekshirish topshirildi. Hokimiyatning fikricha, falokat yuz bergan taqdirda talonchilik boshlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Mazkur zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezilib, 5-6 ballni tashkil qilgan. 

Shuningdek, 23 mart kuni soat 1:07 da O‘zbekistonda yana zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, ushbu zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 217 km janubi-sharqda, Tojikistonda bo‘lgan. Toshkentda yer silkinishining ta’sir kuchi 5 ballga teng bo‘lgan edi.

Bundan tashqari, 24 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda respublikada yana zilzila sodir bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga munosabat bildirib, hozirgi vaqtda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo‘ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emasligini bildirgandi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1066 | Рейтинг: 0| Рейтинг: odamlarni, boshladi, qilinmoqda, ko‘chirish, tayyorgarlik, yirik, Turkmaniston, lagerlar, tashkil, Uchun, zilzilaga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное