Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Jumong-soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Top 5: O‘zbekistondagi eng qimmat boshlovchilar

Dilnoza Kubayeva, Dildora Rustamova va Rayhon Ulasenova to‘yga qanchaga chiqadi?
O‘zbek xalqi azaldan orzu-havasli xalq hisoblanadi. Har bir ota-ona farzandining baxt to‘yini mukammal darajada tashkillashtirishga, uni bekam-u ko‘st o‘tkazishga harakat qiladi. Har kim o‘z imkoniyati darajasidan kelib chiqib, to‘yiga taniqli xonandalar va mashhur boshlovchilarni taklif etadi.  
“Bekajon” gazetasi to‘y va turli tadbirlarni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bilan bog‘lanib, hozirgi kunda eng talabgir boshlovchilar to‘yga qancha bilan chiqishini aniqladi va ularning xizmat haqi qimmatligi nuqtai nazaridan reyting tuzdi. 
5-o‘rin
Nilufar Sotiboldiyev
“MY5” telekanali boshlovchisi Nilufar Sotiboldiyev yaxshi kunlaringizda eng kamida 400$ dollar evaziga xizmat ko‘rsatadi.
4-o‘rin
Rayhon Ulasenova
“O‘zbekiston” telekanalining “Oydin hayot” ko‘rsatuvi boshlovchisi va mahoratli aktrisa Rayhon Ulasenovani to‘y va boshqa tadbirlarda ham tez-tez uchratamiz. Uning xizmat haqi esa 300-400$.
3-o‘rin
Nigora Karimboyeva 
Asosan, “Sardor” teleseriali orqali kinoixlosmandlarga yaxshi tanish bo‘lgan serqirra ijodkor Nigora Karimboyeva ham o‘zining yaxshi boshlovchi ekanligini “O‘zbekiston” telekanalidagi “O‘zingni angla” tok-shousi orqali namoyish etmoqda. To‘ylarda ham rus, ham o‘zbek tillarida birdek boshlovchilik qiladigan aktrisaning xizmat haqi esa 200-500$ni tashkil etadi. 
2-o‘rin
Dildora Rustamova
O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining mahoratli suxandoni Dildora Rustamova dublyajda ham samarali ijod qilayotgan mutaxasislardan biri. Suxandon to‘y tantanalarini 200-700$ evaziga olib boradi.
1-o‘rin
Dilnoza Kubayeva
Mahoratli aktrisa Dilnoza Kubayeva “eng qimmat” boshlovchilar reytingida birinchi o‘rinni zabt etdi. Nashrning yozishicha, aktrisa bolaligidan boshlovchilikka qiziqqan. Biroq uning sog‘lig‘i ko‘tarmasa yoki takliflar uzoq viloyatlardan bo‘lsa, aktrisani juda katta miqdordagi pul evaziga ham boshlovchilikka ko‘ndirib bo‘lmaydi. Dilnoza Kubayeva to‘ylarda 500-1000$ evaziga boshlovchilik qiladi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 16112 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Dilnoza Kubayeva, eng qimmat, boshlovchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
aziz700 Axir 1000$ga toy qivoramanu opaginam))) %)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное