Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda 26 davlatning tashqi ishlar vazirlari yig'iladi





O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi milliy va xorijiy OAV vakillari uchun 18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga bag'ishlangan brifing o'tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari G'ayrat Fazilov jurnalistlar oldida so'zlagan nutqida ma`lum qilishicha, mazkur yig'ilishda IHTga a`zo 57 davlatdan 26tasining tashqi ishlar vazirlari rasmiy ravishda o'z ishtirokini tasdiqlagan. Bular Afg'oniston, Bangladesh, Falastin, Gayana, Indoneziya, Iordaniya, Jazoir, Kamerun, Kot-d’Ivuar, Liviya, Malayziya, Maldiv, Misr, Nigeriya, Ozarboyjon, Pokiston, Qatar, Qirg'iziston, Qozog'iston, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Somali, Surinam, Tojikiston, Turkiya, Yaman tashqi siyosat idoralari rahbarlaridir.Sessiyada IHT bosh kotibi Iyad Amin Madaniy, Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajjar, tashkilotning qator yordamchi va maxsus muassasalari bosh direktorlari, AQSh, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shveysariyaning IHTdagi maxsus vakillari hamda BMT, YeXHT, Arab davlatlari ligasi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha kengash (OHIChK) va boshqa ko'plab tashkilotlar vakillari ham ishtirok etadi.18 oktabrda o'z ishini boshlaydigan sessiya doirasida TIVKning amaldagi raisi Kuvayt davlati o'z raislik vakolatini rasman O'zbekistonga topshiradi. Shu paytdan boshlab O'zbekiston Respublikasining tashqi ishlar vaziri mazkur organning 2017 yildagi navbatdagi sessiyaga qadar IHT TIVKning raisi funksiyalarini amalga oshiradi.Tasdiqlangan dastur va kun tartibiga muvofiq, ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev nutq so'zlashi rejalashtirilgan.O'zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga musulmon davlatlarni birlashtiruvchi umume`tirof etilgan forum sifatida qaraydi, IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi bo'lajak raisligini esa islom tamadduni rivojiga mamlakatimiz tomonidan qo'shilgan ulkan tarixiy hissani e`tirof etilishi deb hisoblaydi. Shundan kelib chiqqan holda O'zbekiston tashkilotning dunyodagi rolini kengaytirish hamda tashkilot oldidagi muhim vazifalarni hal etishga har tomonlama ko'mak berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.Tashkilot faoliyatining ustuvor yo'nalishlariga muvofiq ravishda, vayronkor mafkuraga qarshi kurash, mamlakat aholisida, ayniqsa yosh avlod vakillarida muqaddas Islom dini qadriyatlari haqida to'g'ri tushuncha va fikrni shakllantirish, har tomonlama Yetuk va yuqori bilimli yoshlarni tarbiyalash masalalarining davlatlarimiz barqarorligi va xavfsizligini ta`minlashdagi ahamiyatini hisobga olib, O'zbekiston Respublikasining IHT TIVKdagi raisligi “Ta`lim va ma`rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo'li” shiori ostida o'tadi.Yalpi majlisda sessiya qatnashchilari davlatlararo muloqotni qo'llab-quvvatlash, tinchlikni mustahkamlash sohasidagi IHT oldida turgan umumiy vazifalarni hal qilish hamda siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ta`lim, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini ham muhokama qiladilar.IHT TIVKning 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko'rish doirasida joriy yilning avgust oyida Saudiya Arabistoni Podshohligida Jidda shahrida Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar bo'yicha Islom komissiyasining 39-sessiyasi hamda IHTga a`zo davlatlar yuqori mansabdor shaxslarining yig'ilishi bo'lib o'tdi.Ushbu forumlar ishida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.Mazkur tadbirlar yakunlariga ko'ra Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan IHT TIVK majlisi davomida tasdiqlanishi rejalashtirilgan 100dan ortiq rezolyutsiyalar qabul qilindi. Bundan tashqari, IHTning Maxsus qo'mitasi tomonidan tadbir davomida qo'shimcha ravishda yana qator rezolyutsiyalar loyihalari ko'rib chiqiladi.Sessiya yakuniga ko'ra, qabul qilinadigan asosiy hujjat Toshkent deklaratsiyasi hisoblanadi. Mazkur hujjat IHT kun tartibidagi asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalarni hamda O'zbekiston Respublikasining mazkur tashkilot TIVKdagi bo'lajak raisligining ustuvor yo'nalishlarini o'z ichiga oladi.Ma`lumot uchun, IHT 1969 yilning sentabrida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini ta`minlash uchun tashkil etilgan. 2011 yilga qadar u Islom konferensiyasi tashkiloti nomi bilan atalgan. IHTga 57 mamlakat a`zo. O'zbekiston ushbu tashkilotga 1996 yilda a`zo bo'lib kirgan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4538 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, Iyad Amin Madaniy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное