Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda bir qizni pichoqlab qo‘yishdi


Bugun, 27 iyul kuni internet tarmog‘ida bir qizni pichoqlab qo‘yishgani tasvirlangan surat tarqaldi. Undagi izohga ko‘ra, voqea Toshkent shahridagi Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. Noma’lum erkak qizni pichoqlagan, shundan so‘ng tibbiy tez yordam mashinasida jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan.


Hodisa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

Suratda aks etganidek, yaralangan qizga ikki kishi yordam berishga urinmoqda, qolganlar esa bir chetda tomosha qilib turibdi. Buni ko‘rgan internet foydalanuvchilari voqea tomoshabinlariga e’tiroz bildirmoqda. Atrofdagi odamlar qatorida bir voyaga yetmagan bolaning borligi, ayniqsa, achinarli holat.

Qaltis vaziyatda tomoshabin bo‘lish o‘rniga yordamga shoshilish azaliy o‘zbek odatlaridan biri emasmi?! Yosh bolalarni esa bunday hodisaga guvoh bo‘lishidan asrash biz kattalarning vazifasidir.

Sumbula



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8384 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, bir qiz, pichoqlab qo‘yishdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное