Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish osonlashmoqda


2018 yil 14 may kunidan boshlab, haydovchilik guvohnomasi va uning ogohlantirish talonini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasining quyidagi manzillarida qo‘shimcha test rejimida amalga oshiriladi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati.

- Yunusobod tumani davlat xizmatlari markazi – Yunusobod tumani, Osiy ko‘chasi 4-“A” uyda joylashgan. Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumani aholisiga hizmat ko‘rsatadi.
- Uchtepa tumani davlat xizmatlari markazi – Uchtepa tumani, Farhod ko‘chasi, 21-uyda joylashgan. Uchtepa, Chilonzor hamda Sirg‘ali tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi.
- Mirobod tumani davlat xizmatlari markazi – Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 31-uyda joylashgan. Mirobod, Bektemir, Yashnobod va Yakkasaroy tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

Xizmat ko‘rsatish vaqti – Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha. Tushlik 13:00 dan 14:00 gacha.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3382 | Рейтинг: 0| Рейтинг: haydovchilik guvohnomalari, Toshkent, osonlashmoqda, almashtirish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное