Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda ikkita 50 qavatli osmono‘par bino quriladi


Day and Night investitsiya loyihasi asosida poytaxtning Yakkasaroy tumani hududidagi kichik iqtisodiy zonada ikkita 50 qavatli osmono‘par bino va 16 ta savdo, turar joy va ma’daniyat pavilyonlari quriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov boshchiligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Iki Design kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha qiymati 1 milliard AQSh dollariga baholanmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun 3 yil kerak bo‘ladi. Loyihadan o‘rin olgan barcha 18 ta lot xorijiy va mahalliy investitsiyalar hisobiga bunyod etiladi.

Sharof Rahmonovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ish markazlarining yillik daromadi 500 million dollarni tashkil etadi, bu esa Yakkasaroy hududida hozirda mavjud korxonalar daromadidan 4 barobarga ko‘proq.

Qurilajak obyektlar 432 ming kvadrat metr maydonda joylashadi. Turar va noturar joylarning umumiy maydoni 1,21 million kvadrat metrga teng bo‘ladi. Bu Yakkasaroy kichik iqtisodiy zonasidagi mavjud ish maydonlaridan deyarli 3,5 barobarga ko‘proq demak.

Uy-joy binolari ostidan 549 ming kvadrat metr joy ajratiladi, shundan 48 ming kvadrat metri mehmonxonalar, 246 ming kvadrat metr — ofislar, 36 ming kvadrat metr — ko‘rgazma zali, 4 ming kvadrat metr — bog‘cha va maktablar, 5 ming kvadrat metr — tibbiyot maskanlari uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, 320 ming kvadrat metr maydonni xizmat ko‘rsatish sohasiga ajratish ko‘zda tutilgan.

Balandligi 230 metrni tashkil etadigan egizak-binolar “Oy va Quyosh” ramziga aylanadi. Uning ichida restoran va dam olish maskanlari joy oladi.

Hokim o‘rinbosarining ta’kidlashicha, master-planni yaratish uchun xorij kompaniyalari jalb etilgan. Konsepsiyani yaratishda London, Nyu-York, Mayami va boshqa shu turdagi ish markazlariga ega shaharlar tajribasi o‘rganilgan.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2698 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, ikkita, osmono‘par bino, 50 qavatli, quriladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное