Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Tanho malagim - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Osiyo-Soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Pazanda - Sad Love
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentning “to‘liq yopilishi” kutilmayotgani ma’lum qilindi

Ayrim internet-nashrlarning O‘zbekiston poytaxtida 23—24-iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent “yopilishi” haqidagi xabarlari eng ko‘p muhokama etilayotgan mavzular qatoridan o‘rin oldi. Jumladan, ba’zi saytlarda 16-iyundan boshlab avtomobil va temiryo‘l transportining barcha turlari, shuningdek, ayrim aviatashuvchilar uchun shaharga kirish “yopilishi” ma’lum qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda
Huquq-tartibot idoralaridagi “Gazeta.uz” manbalari xavfsizlikni ta’minlash uchun ko‘rilayotgan choralarni bunday darajadagi tadbirlar uchun odatiy hol sifatida baholadi. Jumladan, shahar chegarasida o‘tkazish tartibining kuchaytirilishi va mintaqalar bilan avtobus qatnovining cheklanishi har yili Mustaqillik bayrami arafasida kuzatiladi. Chetda bo‘lgan va uylariga qaytayotgan shaharliklar hech qanday muammolarsiz, garchi odatdagidan biroz sinchiklab tekshirishdan so‘ng bo‘lsa ham, poytaxtga kelib tushishlari mumkin. Shahar “yopilishi” undan chiqish va unga kirishning to‘liq to‘xtatilishini anglatmaydi. 
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sanalarga to‘g‘ri keladigan aviareyslar bekor qilinmagani, chiptalar sotuvi davom etayotganini, jadvalda o‘zgarishlar yuz bergudek bo‘lsa, aviakompaniya rasmiy saytida joylashtirilishi bildirildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida ham ShHT sammiti kunlari temiryo‘l qatnovi cheklanishi haqida ma’lumotga ega emasliklari ma’lum qilindi. 
Shuni ta’kidlash joizki, Toshkentga yuqori martabali shaxslar tashrif buyurganda yoki kuzatilganda avia va temiryo‘l reyslarida to‘xtalishlar bo‘ladi, biroq ular doim qisqa muddatga cho‘ziladi, xolos. 


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4588 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное