Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Turkiyalik go‘zallik qirolichasi odam o‘g‘irlagani uchun qamoqqa tushdi


“Yevrosiyo qirolichasi — 2016” tanlovida g‘olib chiqqan turkiyalik model 13 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Daily Mirror xabar berdi.

25 yoshli Sibel Demiralp va uning sheriklari odam o‘g‘irlashda, zo‘rlik bilan pullarga egalik qilish va kredit kartalaridan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topilgan.

Sobiq go‘zallik qirolichasi zargarlik do‘koni egasining shikoyatiga asosan hibsga olingan. Do‘kon egasi qizni tovlamachilikda ayblagan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u qiz bilan internetda tanishgan. Qiz uni nonushtaga taklif qilgan, biroq uchrashuv joyida erkak qopqonga duch kelgan.

Ko‘rsatilgan manzilda zargarni besh nafar erkak kutib turgan. Ular kuch ishlatib, zargarni yechintirgan, uni yalang‘och holda suratga olgan va agar pul to‘lamasa, suratlarni e’lon qilish bilan tahdid qilgan. Zargar kredit kartasidan pul yechishga va ularga 250 ming lira (45 ming dollar) berishga majbur bo‘lgan.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 8570 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Uchun, Turkiyalik, go‘zallik qirolichasi, qamoqqa tushdi, odam o‘g‘irlagani
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное