Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Qo'rqmas - soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

UMS internet-to‘plamlarga bonus berish aksiyasini yo‘lga qo‘ydi

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori oylik internet-to‘plamlar hamda «OnNet» xizmati doirasida xarid qilingan internet-trafikka 20% bonus berilishi haqida e’lon qildi. Aksiya 2016 yil 1 avgustgacha barcha abonentlar uchun amal qiladi.
Oylik internet-to‘plamlar – bu mobil operatorning foydali takliflaridan biri bo‘lib, abonentlarga kerakli oylik trafik hajmini nisbatan arzonroq narxlarda xarid qilish imkoniyatini yaratadi. UMS aksiyasi doirasida xizmat yanada qulayroq bo‘ldi: 500dan 10000 megabaytgacha hajmga ega internet-to‘plamlarga ulanganda, mijozlar oldingi narxlar bo‘yicha qo‘shimcha 100dan 2000 megabaytgacha trafikka ega bo‘lishadi.
«OnNet» opsiyasi internet-to‘plamlarni har oy avtomatik tarzda uzayadigan qilib ulash imkonini beradi. Uning yordamida xarid qilingan trafik keyingi oylarga o‘tadi, ikkinchi oydan boshlab esa to‘plamlar narxlari boshlang‘ich narxlarga nisbatan 5%ga arzonroq bo‘ladi. Aksiyada ishtirok etish va 20% bonusni qo‘lga kiritish uchun abonentlar 500dan 10000 megabaytgacha bo‘lgan OnNet-to‘plamlarni ulashlari (qayta ulashlari) kerak bo‘ladi.
– Data-operator yo‘lidan borar ekan, UMS kompaniyasi o‘zining yangi va amaldagi mijozlariga qo‘proq qulayliklar yaratishga intilmoqda. Internet-to‘plamlarga bonuslar berish bo‘yicha aksiya bunga yorqin misol bo‘la oladi. Yaqin kelajakda abonentlarimizga yangidan-yangi takliflarni taqdim etamiz, bu esa talablarga mos aloqa operator xizmatlaridan yanada qulay tarzda foydalanish mumkinligini anglatadi, - deya ta’kidladi «UMS» MChJ Marketing va operatorlik biznesini rivojlantirish departamenti direktori Andrey Mamaev.
Internet-to‘plamlar va aksiya shartlari bilan qo‘yidagi havolalar orqali batafsil tanishib chiqish mumkin:
Oylik internet-to‘plamlar – http://ums.uz/uz/internet/9837
«OnNet» internet-to‘plamlar – http://ums.uz/uz/internet/10992


Manba:kun.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 5347 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aksiya, UMS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное