Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

Uzonline ikki tarif rejasida tezlikni 10 Mbit/s.ga oshirdi


«O‘zbektelekom» AK 2019 yil 24 iyuldan UNLIM seriyasining ayrim tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalari abonentlari uchun avvalgi tezlikka yana 10 Mbit/s.dan qo‘shildi va bunda abonent to‘lovi o‘zgarishsiz qoldirildi. Endilikda 20 Mbit/s. tezlikdagi (avval 10 Mbit/s. edi) cheksiz internet qiymati 149 000 so‘mni, 30 Mbit/s. tezlikdagi (avval 20 Mbit/s. edi) tarif rejasi esa 199 000 so‘mni tashkil etadi.

Tarif rejalariga o‘tish shaxsiy kabinet yoki savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘limlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Yangi abonentlar tarif rejasiga ulanishlari uchun savdo va xizmat ko‘rsatish ofislariga murojaat qilishlari yoki kompaniyaning sayti orqali onlayn tarzda ariza qoldirishlari mumkin.



Manba:xabar.uz
Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 3057 | Рейтинг: 0| Рейтинг: UzOnline, Internet
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное