Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

WhatsApp faoliyati yana tiklandi


WhatsApp xabar almashish dasturi faoliyatida 8-dekabrga o‘tar kechasi butun dunyo bo‘ylab nosozliklar kuzatildi. Nosozliklar ro‘y berayotanini kompaniya vakillari ham tasdiqladi. Bu haqda "Kun” nashri xabar berdi.

Twitter’da ushbu dastur faoliyati to‘g‘risida ma’lumot beruvchi @wa_status profilida Toshkent vaqti bilan 8 dekabr tunida quyidagi mazmunda xabar paydo bo‘lgan: "Ayni paytda tizimimiz vaqtinchalik ishlamayapti. Biz buning ustida ish olib boryapmiz va yaqin vaqt ichida uni tuzatishga umid qilamiz”.

Nashr xabarida ta’kidlanishicha, Is It Down Right Now saytida dunyoning turli qismlarida istiqomat qiluvchi internet-foydalanuvchilar WhatsApp ishlamayotgani haqida izohlar qoldirgan. Ular orasida Argentina, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Belgiya, Isroil, Vengriya, Gana va boshqa mamlakatlarda yashaydigan odamlar bor.

WhatsApp’ning nosozliklar haqidagi rasmiy postidan 5 soat o‘tar-o‘tmas, xizmatning to‘liq tuzatilgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Hali ham dastur bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotganlarga WhatsApp haqida ko‘p so‘raladigan savollar saytiga kirish tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, WhatsApp so‘nggi kunlarda texnik muammolarga duch kelgani sababli o‘zbekistonlik WhatsApp foydalanuvchilari ommaviy tarzda Telegram dasturiga o‘tishni boshlagan, texnik nosozliklar haqida WhatsApp rasmiy tvitteri ham xabar bergan edi. Telegram rasmiy tvitteri ham juda ko‘p o‘zbekistonliklar Telegram’ga a’zo bo‘layotganini tasdiqlagan edi.

Oktabrda o‘tgan ikki oy ichida WhatsApp messenjerining oylik auditoriyasi 50 millionga ko‘payib, endi 350 millionni tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.

 Manba:darakchi.uz



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4313 | Рейтинг: 0| Рейтинг: WhatsApp
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное