Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Xonanda Jasur G‘oyipov ashaddiy muxlisiga Iphone 6S sovg‘a qilmoqchi

Qisqa vaqt ichida shou-biznes olamida o‘z muxlislarini topishga ulgurgan Jasur G‘oyipov instagramda tanlov uyushtirdi.
   Xonanda Jasur G‘oyipov instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanlov uyushtirdi. Unga ko‘ra, internet foydalanuvchilari G‘oyipovning qo‘shiqlaridan birini jonli ijroda kuylab, #jasurgaipov xeshtegi bilan o‘z sahifalariga joylashtirishlari kerak. Xonanda esa qo‘shiq jonli ijroda kuylab, g‘olib bo‘lgan muxlisiga Iphone 6S sovg‘a qilishini ma’lum qildi.

   Qisqa vaqt ichida shou-biznes olamida o‘z muxlislarini topishga ulgurgan Jasur G‘oyipov mana uch oydirki tanaffusda. Ma’lumotlarga qaraganda, u shu bugunga qadar AQShda istiqomat qilayotgan edi. Bu orada esa “Jasur G‘oyipov shou-biznesdan ketdi, uning ijodiga nisbatan cheklovlar paydo bo‘ldi” –  degan gaplar tarqalishga ulgurdi. “Xavotirga o‘rin yo‘q. Jasur tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani uchun biroz tanaffus e’lon qildi, xolos. Hozir u Malayziyada va tez orada Toshkentga qaytishni rejalashtiryapti” – deydi xonandaning ma’muri Jamshid Hojiniyozov.

   Bu xabarni saytimizga joylashtiriganimizdan so‘ng Jasur G‘oyipov biz bilan bog‘lanib, Jamshid Hojiniyozov bilan hamkorlikni to‘xtatganini va Malayziyada ekani haqidagi gaplar yolg‘onligini ma’lum qildi. “Men ayni damda Toshkentdaman va Jamshid Hojiniyozov bilan ishlashni to‘xtatganman. Bu yil Malayziyaga umuman borganim yo‘q. Hozir biroz betobman. Birozdan so‘ng yana ijodimni davom ettiraman” – deydi xonanda.
Qamariddin Shayxov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5385 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iPhone 6s, Jasur G‘oyipov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное