Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Qirolicha - Soundterck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Qirolicha - Stakan Version
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. TisMarHan-soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Xonanda Nargiz Islom Karimov sabab oilasi yerli bo‘lganini aytdi




Joriy yilning 2 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov og‘ir xastalik sabab vafot etdi. Buyuk siyosatchi, davlat arbobi Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan ona shahri Samarqandga dafn etildi.
 
Ayni kunlarda Islom Karimovning mamlakat rahbari sifatida olib borgan faoliyati, nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni mintaqalarning tinchligi, ahilligi uchun qilgan sa’y-harakatlarini eslab, uni yod etayotganlar talaygina.
 
Xonanda Nargiz deyarli har kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning suratini ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirib, sog‘inchli so‘zlarini bitib qoldiradi. Bu gal u Islom Karimov sabab oilasi yer egasiga aylangani, katta bog‘ yaratganini aytgan.
 
“Tinch va go‘zal hayot uchun sizga katta rahmat! Mustaqil bo‘lgan yilimiz bizning oilaga yer berdingiz, bog‘ yaratdik. Sizni esdan chiqarmaymiz. Uyimiz va bog‘imizga qarab ko‘z yoshimni tiyolmayman... Rahmat!”, deb yozadi Nargiz.
 
1989 yil. O‘sha davrlarda O‘zbekiston juda og‘ir davrlarni boshdan kechirdi. Sobiq Ittifoqning ko‘rsatgan karomati sabab odamlar o‘z yeridan o‘zi emin-erkin foydalanolmay qoldi. O‘sha yillarda yer va uy-joy masalasi xalqimizni qiynab, og‘ir sharoitga tushirgan muammolardan biri bo‘lgan edi.
 
1989 yilning 16 avgust kuni hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida uy-joy va yer masalasi muhokama qilindi hamda qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, unga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha sharot-sharoitlarni yaratib berish haqida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 1989-90-yillarda 1,5 milliondan ortiq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi. 700 ming oilaga yangi tomorqa berildi. 

 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10367 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Islom Karimov, xonanda Nargiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное