Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Xonanda Nargiz Islom Karimov haqqiga duo qilib, tonggacha yig‘laganini aytdi



Mustaqil O‘zbekistonning asoschisi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etganiga 3 oy to‘ldi. 27 yil mamlakat boshida bo‘lgan buyuk rahbar, odil siyosatchi, adolatli davlat boshlig‘ining tuyqusdan vafot etishi butun yer yuzini larzaga keltirdi.
 
Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasi O‘zbekiston xalqining xotirasida umrbod saqlanib qolishi aniq.
 
Xonanda Nargiz san’atkorlar orasida Prezident Islom Karimovni ko‘p xotirlaydiganlardan. U ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga Islom Karimovning suratlarini juda ko‘p bora joylashtiradi. Xonanda bugun ham Islom Karimovning suratini joylashtirib, xotiralarini yozib qoldirdi.
 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Izzatilla Ibragimov tasvirlangan suratga “Siz bilan salomlashish uchun yuragimiz bo‘g‘zimizga tiqilib dukurlardi, intiq bo‘lib kutardik. “Bayram muborak qizim”, deganingiz biz uchun xotiramizda umrboqiy duoday aziz bo‘lib qoldi, otajonim. Tonggacha yig‘ladim va haqingizga duo qildim. Bu birinchisi emas, oxirgisi ham...”


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5140 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Islom Karimov, xonanda Nargiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Esleymiz, Qadirleymiz, Umitpaymiz.!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное