Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Tanho malagim - Soundtreck
. Jumong-soundtreck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xorazmda oilali erkak bilan uchrashgan 20 yoshli ayol “samosud” qilindi

Xorazmda oilali erkak bilan uchrashgan ayol “samosud” qilindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Joriy yilning 24 iyul kuni soat taxminan 12:00 da 26 yoshli erkak 20 yoshli ayol tanishi bilan uchrashadi. Ushbu erkakning 24 yoshli turmush o‘rtog‘i  uchrashuv haqida dugonalari tomonidan xabar topadi.
Ular telefon orqali bu haqda 24 yoshli ayolga xabar berib, uni chaqirishgan hamda 20 yoshli ayolni ushlab olib, turli xil uyatli so‘zlar bilan xaqorat qilib, janjal qilishgan. Erkakning turmush o‘rtog‘i esa uchrashuvga chiqqan ayolni tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan.
Ushbu janjal vaqtida jahl otiga mingan ayolning dugonalaridan biri o‘zining uyali telefon apparati orqali videotasvirga olib, keyinchalik mazkur videolavhani telegram orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Shu o‘rinda, fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi holatlarda o‘zboshimchalik bilan harakat qilib, xato qilganlarni o‘zlari jazolashga urinmasliklarini, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Bundan tashqari, bu kabi holatlar tasvirlangan videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan fuqarolarimizga eslatma:
O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 1891-moddasi va Jinoyat kodeksining 1301-moddalarida ko‘rsatilgan «Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish» kabi maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi» — deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.


Manba:zamon.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9969 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 20 yoshli ayo, samosud, uchrashgan, Xorazm, oilali erkak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное