Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xorazmda 3D formatdagi kinoteatr ochiladi

Xorazm viloyatida hududning tur-marshrutlari va xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha 45 loyiha amalga oshirilishi belgilangan. 29 ta loyiha amalga oshirildi, 8 ta loyihada ishlar davom etmoqda. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti xabar berdi.
Jumladan, Xazorasp tumanidagi «Xazorasp qal’a» qal’asi negizida turistik majmua tashkil qilish, Shovot tumanidagi «Katqal’a» qal’asi atrofida piyoda yo‘lakchalari tashkil qilish, ochiq drenaj tizimlari holatini yaxshilash, obodonlashtirish hamda do‘konlar va ovqatlanish shoxobchalari tashkil qilish, X.Devonov kinoteatri negizida zamonaviy 3D formatdagi kinoteatr tashkil qilish, «Ota darvoza» darvozasi yonida 20 ta qurilmani olib tashlagan holda 500 o‘rinli amfiteatr qurish, hududning madaniy ko‘ngilochar ob’ektlarida rangli lazer shou tizimlarini o‘rnatish shu jumladan: amfiteatrda «Ichan qal’a» fonini yaratish, Barcha madaniy meros ob’ektlarida dekorativ yoritish va illyuminatsiya tizimlarini o‘rnatish, Xiva tumanida zamonaviy bouling markazi qurish loyihalarini takomillashtirish va yakunlash choralari ko‘rilmoqda.
Vohaning Turistik potensialni namoyish qilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘n loyiha to‘liq yakunlangan.
Tarixiy madaniy meros ob’ektlarni restavratsiya qilish va holatini yaxshilash bo‘yicha bugungacha 17 ta madaniy meros ob’ektida ta’mirlash va tiklash ishlari olib borildi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2431 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ochiladi, 3D format, Xorazm, KINOTEATR
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
kichkintoy96 Ishlarga rivoj!! :)
Like | 0
Rameo_bek gap yo'q iwlarizga omad
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное