Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xorazmlik qizni zo‘rlab o‘ldirib, pol tagiga yashirgan yigit qo‘lga tushdi


Xorazm viloyati Xonqa tumanida sodir bo‘lgan mash’um voqea eshitgan-ko‘rganni qalbini larzaga soladi. Aka-ukalarning farzandlari o‘rtasida sodir etilgan jinoyat — qarindoshlar orasida mehr-oqibat ko‘tarilib borayotganini ko‘rsatdi.

Tumanda yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan X.D.ning qizi 1999 yilda tug‘ilgan kollej o‘quvchisi Yu.D. 12 oktabr kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan...

Uni topishda yordam berishlarini so‘rab, tuman prokuraturasiga qilgan murojaati asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tuzilgan tergov-tezkor guruhi tomonidan qidiruv-surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Qidiruv-surishtiruv ishlari tezkor xodimlarni murojaat qilgan shaxsning ukasinikiga tomon boshladi. Uy va uning yordamchi xonalarini ko‘zdan kechirgan tezkor xodimlar uy polining tagidan bo‘yin qismidan bug‘ib o‘ldirilgan 18 yoshli qizning jasadini topishdi!

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida, ushbu qiz amakisining uyiga suv olish uchun kelganida, amakisining o‘g‘li, o‘zi bilan bir kollejda tahsil oluvchi, 1999 yilda tug‘ilgan Yu.J. uyda boshqa hech kim yo‘qligidan foydalanib, o‘z amakisining qizini nomusiga tegish maqsadida tashlangan.

Qiz unga qarshilik ko‘rsatib, uning jirkanch ishini barchaga ma’lum qilishini aytib, yordam so‘rab baqirgan. O‘zining kirdikorini yashirish maqsadida jinoyatchi qizni bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan va jasadini polning tagiga yashirganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayblanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8940 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘ldirib, qizni zo‘rlab
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное