Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yigitali Mamajonov: “Farzandlarimni o‘z qaramog‘imga olaman”




Bundan 4 yil avval, 2012 yilning 16 noyabrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonovning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tgan edi. Ularning ertaknamo muhabbatiga yoshlaridagi 13 yillik farq ham halal bermagan edi. Yigitalining chaqnab turgan ko‘zlari, Rayhonning baxtli ayol sifatidagi jilmayishi hamon muxlislar ko‘z o‘ngida. 2014 yilning 5 may kuni ana shu muhabbatning mevalari sifatida ularning oilasida egizak farzandlar – Islom va Imron dunyoga keldi.
 
Afsuski, o‘sha ertaknoma muhabbatga ko‘z tegdi.  OAVda Rayhonning Yigitali bilan ajrashayotgani haqidagi gaplar paydo bo‘lgach, muxlislar orasida katta shov-shuv boshlandi. Avvalgi maqolalarimizda ham aytib o‘tganimizdek, na Rayhon va na Yigitali oilaning darz ketishiga sabab bo‘lgan omil haqida biror marta ham so‘z ochishmadi.
 
Yigitalining ba’zi intervyularidagi so‘zlari esa muxlislar orasida yana g‘alayon ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Hech kim ular o‘rtasidagi munosabatlarning tamom bo‘lganiga, ish ajrimgacha yetib borishiga ishonmasdi. Biroq, 2015 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashayotgani haqida rasman xabar qildi.
 
Garchi ajrim amalga oshirilgan bo‘lsa-da, muxlislar Yigitali Mamajonovning Rayhonni bu yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lganini yaxshi biladi.  Ammo ajrimdan so‘ng, ularning munosabatlarini qayta tiklashning imkoni bo‘lmadi...
 
Rayhon G‘aniyevaning boshlovchi Farhod Alimov bilan turmush qurayotganliklari haqidagi xabarlar tarqalgach, Rayhon yana muhokamalarning asosiy mavzusiga aylandi. Rayhon G‘aniyeva ham, Farhod Alimov ham oilasidan ajrashgan. Ayni vaqtda ularni bitta dard birlashtirgan bo‘lsa ajab emas.
 
Muxlislarning “Sobiq rafiqasining to‘yi bo‘layotgani haqidagi xabarga Yigitali qanday qaraydi?” qabilidagi savollariga javob olish istagida biz Yigitali Mamajonov bilan bog‘landik. U Rayhon, farzandlari va bo‘lajak to‘y haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
 
Yigitali Mamajonov, Rayhon G‘aniyevaning sobiq turmush o‘rtog‘i:
 
— Men bo‘layotgan ishlardan xursand emasman. Hamma narsani vaqt ko‘rsatadi. 
 
Farzandlarimni hech qachon tashlab qo‘ymayman va ularni o‘zim tarbiyalashga harakat qilaman. Men ularning otasiman, ular o‘z qaramog‘imda bo‘lishini istayman. 
 
Men barcha narsa Yaratgandan deb bilaman. Demak, peshonamizga shu bitilgan ekan. Hamma narsa yaxshilikka. 
 
Shaxsiy hayotim va oilam haqida gapirishni yomon ko‘raman. Bu mening tabiatimga to‘g‘ri kelmaydi. OAVga bergan barcha intervyularimda ham bu haqda aytganman. Men muxlislardan birovning hayotiga aralashmasliklarini so‘ragan bo‘lardim.
 
To‘g‘ri, Yigitali Mamajonov, Rayhon G‘aniyeva, Farhod Alimov – mashhur insonlar va aynan shu sababli ham ko‘p sonli muxlislar ularning shaxsiy hayoti bilan qiziqishadi. Biroq har qanday holatda ham biz muxlislardan ularning aytayotgan gaplariga, shaxsiy hayotlaridagi o‘zgarishlarga hurmat bilan qarashlarini so‘ragan bo‘lardik. Chunki, o‘ziga odamlarni jalb qilish istagida yangilikka “yangilik” qo‘shib, muxlislarga yolg‘on ma’lumot tarqatayotgan insonlar afsuski bor.
 
Voqealar rivojini biz bilan kuzating.

 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 17233 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Yigitali Mamajonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
maftuna пишет: | 31.10.2016 | 19:16 ( E-mail ) #6 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует yigitalining gaplari to`ri kim kimga turmushga chiqishi ajralishi ulani shaxsiy hayoti
Like | 0
Rustamchikk Ey qizlar birovni g'iybatini qiguncha oshxonadagi ishlarizni qililar <_<
Like | +1
kichkintoy96 Siz ham albatta o'z baxtizni topasiz xudo xoxlasa?!
Like | 0
kichkintoy96 Yigitali sizni ijodizni hurmat qilaman?! Shaxsiy xayotizga hech kimni aralashishga haqqi yo'q.Muxlis bo'lsa ijodizga muxlis bo'lsin shaxsiy hayotizgamas ,xullas omad tiliman ijoddan to'xtamen?!
Like | 0
YaSiMin To'ppa to'ri Yigitilani endi esiga tushdimi otaligi, nma bo'gandayam RAYHONIM baxtli bo'sa bo'ldi. Baxtli bo'lishsin iloyim %)
Like | 0
аватар отсутствует Shu paytgacha bollari bilan rasmga tuwmadi hamma narsani reklama qilib o'rganib qoganku. Endi bollari keremi unda shuncha payt uylanaman dimasdan bolarimi tarbiyaliman dib intervyu bersinidi. Uziga komment yozsam uchirib tashabdi haqiqatga chidomi. Shunaqa zor busa haqiqat tanqidiniyam ko'tarsin. Rayhon judayam hursandman bahtli bulin iloyim. Harxolda Yigitalidan ancha ustun kurindi har taraflama. Ureee siz uchun hursanman.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное