Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Yilning eng yaxshi sarguzasht filmlari o‘ntaligi e’lon qilindi


Esquire jurnali 2017 yilning eng yaxshi ekshen-filmlari o‘ntaligini e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini rejissyor Kristofer Nolanning “Dyunkerk” filmi egalladi. Film Ikkinchi jahon urushidagi dramatik voqea – Dyunkerk operatsiyasi vaqtida 300 nafar britan va fransuz askarlarining qutqarilishi haqida bo‘lib, unda Kennet Brana, Killian Myorfi, Tom Xardi, Mark Raylens, Finn Uaytxed, Tom Glinn-Karni va Garri Staylslar rol ijro etganlar.

2-o‘rinni esa DC komikslari bo‘yicha suratga olingan “Mo‘’jiza-ayol” (Wonder Woman) filmi oldi. Filmda bosh rolni aktrisa Gal Gadot ijro etgan.

3-o‘rinni yaqinda prokatga chiqqan, rejissyor Tayka Vaytitining “Tor: Ragnaryok” (Thor: Ragnarok) filmi olgan.

Shuningdek, o‘ntalikdan “Logan” (Logan), “Maymunlar sayyorasi. Urush” (War for the Planet of the Apes), “Bolakay drayvda” (Baby Driver), “Jon Uik — 2” (John Wick: Chapter Two), “Kong. Kalla suyagi oroli” (Kong: Skull Island), “O‘rgimchak-odam. Uyga qaytish” (Spider-Man: Homecoming) va “Shaddod mallasoch” (Atomic Blonde) filmlari joy olgan.



Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5783 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sarguzasht film, yilning eng yaxshi, e’lon qilindi, i o‘ntaligi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное