Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Yoshlikda bergan ko‘ngil

Avtobusni kutib bekatda uzoq turib  koldim. Kechki payt bo‘lgani sababli, avtobuslar qatnovi siyraklashib qolgandi. Bekatda sovuqdan junjikib turarkanman, ellik yoshlar atrofidagi bir ayol kelib,  bekatdagi o‘rindiqlardan biriga o‘tirdi. Shu payt bekatga yana bir ayol keldi. Ikkalasi tanish ekan, so‘rashib ketishdi.
— Kechga qolib, qaerdan kelayapsiz?
Birinchi ayolning kayfiyati juda yaxshi edi, kulgancha javob berdi:
— Asti so‘ramang, qaerdan kelayotganimni aytsam, hayron qolasiz.    Sinfdoshlarimning to‘yidan, — dedi sovuqqonlik bilan. Ikkinchi ayol rostakamiga hayron buldi.
— Ie, sizning yoshingizda ham sinfdoshlarning to‘yi bo‘ladimi?
— Ha, bo‘larkan. Ikki sinfdosh o‘rtog‘im oila qurishdi. Sizga aytsam, ular nihoyat o‘z sevgilariga erishishdi. Ularni muhabbatlarining tarixi juda uzun. Yoshlikda bergan ko‘ngil ayrilmas bo‘ladi, deyishadi-ku. Bu gapning haqiqatligiga endi ishondim. Rohila ismli qizimiz Ravshan degan sinfdoshimiz bilan do‘stlashib yurardi.  Maktabni tugatganimizcha ularning dustligi sevgiga aylandi. Hammaning ularga havasi kelardi. Sababi, ular uzukka ko‘z qo‘ygandek bir-birlariga mos edi-da. Maktabni tugatib, oliygohga ham birga kirishdi, bir guruhda o‘qiy boshlashdi. Talabalik yillari Rohilani boshqa bir kursdoshi ham qattiq sevib qoldi. Garchi Rohila Ravshanni sevsa-da, uni Ravshandan kam sevmaydigan Sanjar ismli kursdosh yigitidan ham qutila olmay qoldi. Besh yillik o‘qishlari davomida unga erishish uchun nimani qilish kerak bo‘lsa, barini qildi yigit. Oxiri Ravshandan uni tortib olib uylandi va o‘z yurti – Farg‘onaga olib ketdi. Alamdan ezilgan Ravshan ham boshqa qizga uylanishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik xotini bilan Kievga ko‘chib ketdi. Xullas, ikkalasining ham boshidan yaxshi-yomon kunlar o‘tib, farzandlarini uylantirishdi. Bundan uch yil oldin Rohilaning eri vafot etib, yolg‘iz qoldi. Bu orada Ravshan ham xotini bilan ajrashib, yolg‘iz o‘zi yashab yurgan ekan. Ravshan yolg‘iz qolganidan so‘ng uch yil davomida Toshkentdagi do‘stlariga xat yozib, Rohilani izlabdi. Lekin topolmabdi. Olloh istasa, hamma narsaning ilojini qiladi, deyishgani rost ekan. Tasodifni karang, Ravshan ish bilan Moskvaga borgan ekan. Borgan kuni negadir tuni bilan Rohilani o‘ylab chiqibdi. Ikkinchi kuni ko‘chaga aylanishga chiqqanda xam uni o‘ylashni kanda qilmabdi. Bir payt qarasa, qarshisidan xayol surib Rohila kelayotgan emish. Buni karangki, 25 yildan ko‘p vaqt davomida ko‘rishmagan bo‘lishsa-da, bir-birovlarini uzoqdan tanishibdi. Ma’lum bulishicha, Rohilaning bir qizi Moskvada yasharkan. Rohila qizinikiga mehmonga kelgan ekan. Ravshan bilan uchrashgan kunlari u ham tuni bilan olis muhabbatini o‘ylab, uxlay olmay chiqqan ekan. Kunduzi yuragi siqilib, ko‘chani aylanib kelish uchun chiqibdi va Ravshanni uchratib qolibdi. Ular bir-birlaridan hol-ahvol so‘rashib, kuni bilan birga bo‘lishibdi. O‘zlarini uchrashtirgan Ollohga shukronalar bildirishibdi. So‘ng bir daqiqaga ham ajralmaslikka ahd qilishibdi. Maslahatni bir joyga qo‘yib, Toshkentga qaytishibdi. Sababi, Rohila erining ma’rakalarini o‘tkazib, yilini berganidan sung Farg‘onadagi uy-joyini o‘g‘li va keliniga qoldirib, o‘zi qarindoshlariga yaqinroq bo‘lish maqsadida Toshkentga ko‘chib kelgan ekan. Xullas, ular Toshkentga yetib, qarindosh-urug‘larini uylariga chaqirib, o‘z niyatlarini bildirishibdi. Hammalari ularning qarorini ma’qullashibdi. Bugun ularning to‘ylari munosabati bilan uyushtirilgan ziyofatga borgan edim. Rohila bilan yaqin dugonaman. Yillar davomida do‘stligimiz buzilmagan. Shuning uchun bu gaplardan birinchi bo‘lib, men xabar topdim va yelib-yugurib to‘ylariga bosh-qosh bo‘ldim. Ana shunaka gaplar, — deya o‘z hikoyasini tugatdi birinchi ayol.
— Juda ajoyib voqea,  — dedi hayratlanib, ikkinchi ayol. Shu payt ular kutgan avtobus keldiyu, har ikkalasi avtobusga o‘tirib ketib qolishdi. Yana yolg‘iz koldim. Aslida men kutgan avtobus bundan necha daqiqa oldin kelib-ketgandi. Men ayolning hikoyasini oxirigacha eshitish maqsadida unga chiqmagandim. Nihoyat, men kutgan avtobus keldi. Uyimga ketarkanman, sovuqni ham unutgandim. Qalbimni ajib bir iliqlik egallagandi.
Anjela  Ro‘zimatova



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 12444 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yoshlikda bergan ko‘ngil, bergan, ko‘ngil, Yoshlikda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Don9498 Xayotda nimalar bo'lmaydiya
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное