Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Zarina Nizomiddinova: Bir marta beriladigan hayotda o‘zim xohlagandek yashagim keladi

Bu aktrisaning ijrosida sun’iylikni sezmaysiz, ko‘zi “gapiradi”, “yurag”i urib turadi. Mehmonimiz aktrisa Zarina Nizomiddinova bilan galdagi suhbatimizdan so‘ng irodasi kuchli ayol ekaniga amin bo‘ldim.
Intervyuni o‘qib, balki siz ham aktrisaning yana bir qancha qirralarini kashf etarsiz...
— Zarina, sizga qo‘ng‘iroq qilganimda suratga olish maydonchasida ekaningizni aytdingiz...  
— Komediya janridagi filmida bandman. Filmdagi partnyorim, hayotdagi do‘stim Ulug‘bek Avzalovning ijodiy ishi bo‘lgani uchun ham qo‘llab-quvvatlash maqsadida taklifini rad etmadim. Bundan avval esa Ozod Shams rejissyorligidagi “Etti olam” filmida suratga tushgandim.        
— Demak, do‘stingiz bo‘lmaganida bu filmda iste’dodingizni uvol qilmasdingiz-a?
— To‘g‘ri, taklifni rad etardim.
— Kuni kecha “Etar” nomli qo‘shig‘ingizning taqdimotini o‘tkazdingiz. Nahotki, aktrisalikda erishgan muvaffaqiyatingiz xonandalikda ham takrorlanadi, deb o‘ylasangiz?   
— Xudoga shukr, aktrisalikda omadim keldi. Xonandalikda ham shunday muvaffaqiyatga erishsam, albatta, xursand bo‘lardim. Lekin qo‘shiq kuylash men uchun xobbi.
— “So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman”, degan naql bor. Vaqt o‘tib, ketgan yillaringizga achinmasmikansiz?
— Aslo! Jismoniy charchashni hisobga olmasa, ijoddan zavq va dam olaman. Chunki xonandalik borasida poydevorga egaman. Musiqa yo‘nalishida o‘qimagan, chumchuqnikidek ovoz bilan “xonandaman” deb yurganlar ham yo‘q emas. Nega ular filmda ko‘rinib qolsa, hech kim e’tiroz bildirmaydi? Negadir aktrisalar qo‘shiq kuylasa, darrov hammaning e’tiborini tortadi. Agar boshqa sohada ijod qiganimda to‘g‘ri, ketgan yillarimga achingan bo‘lardim. Bir marta beriladigan hayotda o‘zim xohlagandek yashagim keladi.  
— Nazarimda, hayotingizdagi dardlarni tezda unutishga odatlanganga o‘xshaysiz. Bir emas ikki bor shaxsiy hayotingizda pand yedingiz. So‘ng otani yo‘qotish...
— Shaxsiy hayotim borasida sira siqilmaganman. Chunki haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi. Shuning uchun menga otilgan tuhmat toshlariga bee’tibor bo‘ldim. Biroq otamni ko‘z o‘ngimda yo‘qotish bu — haqiqiy fojia edi. Yoshi katta onaxonlar “ko‘zyosh, tushkunlikka tushishdan foyda yo‘q. O‘zingizga ruhan zarar qilasiz, xolos. Undan ko‘ra otangiz haqqiga Qur’on tilovat qiling”, deb maslahat berishdi. Arab tilidan xabardor  bo‘lganim bois har kuni otamning ruhiga bag‘ishlab tilovat qilaman. Qolaversa, onamga suyanch bo‘lish uchun ham o‘zimni qo‘lga olishim shart edi. Biroz chalg‘isin, deb onamni film suratga olish vaqtida o‘zim bilan olib yuribman.         
— Otangiz bilan vafotidan bir hafta oldin telefonda gaplashgandim. Tetikkina edi, samimiy suhbatlashgandik. Yo betobmidi?
Yo‘q, betobmasdi. O‘sha kuni do‘stlari bilan bayramga borib keldi. Qaytgach, futbol ko‘rdi, so‘ng hammamiz uxlashga yotdik. Yarim tunda qandaydir qo‘ng‘iroqqa o‘xshagan ovoz onamni qayta-qayta uyg‘otgan. Otamdan xabar olganda, xirralayotganini eshitib qolgan. Onam darxol meni chaqirdi, nima bo‘layotganiga tushunmay qoldim... Otam oltmish to‘qqiz yoshida bosh miya insulti sabab ko‘z o‘ngimda jon berdi. Onam otamni xuddi yosh boladek mehr bilan parvarish qilardi. Shu sabab juda yosh ko‘rinardi.
Bu yo‘qotishdan keyin har bir kunimizga shukr qilib, bugungi kun uchun yashash kerak ekan, degan xulosaga keldim. Ortga nazar tashlab, “o‘sha damlar zo‘r edi-da”, deymiz. Lekin bugungi kunimiz ham tarixga takrorlanmas onlar bo‘lib muhrlanishi haqida o‘ylamaymiz.
— Deyl Karnegining “bugungi kunning “oraliq, bo‘sh joyi”da yashang” degan tavsiyasiga amal qilarkansiz-da. Zarina, otangizning so‘nggi gapi nima bo‘ldi?    
— “Sport bilan shug‘ullanayotganing yaxshi bo‘ldi-da, ko‘rinishing yaxshi,  ko‘z tegmasin”, degandi. Vafotidan bir hafta oldin esa onamga “farzandlarimdan mingdan ming roziman. Mustaqil, o‘zini ta’minlay oladigan bo‘lishdi. Bekor yashamabman”, degan ekan. Sira yodimdan chiqmaydi, akam yaqindagina Angliyada magistr darajasiga erishganidan otam juda xursand bo‘lgandi.
— “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan kuningiz yodingizdami? O‘sha kuni Shahboz Nizomutdinov bilan intervyu qilgandik. Zalda o‘tirgan odamlardan siz haqingizda nojo‘ya fikr eshitganini aytib, ko‘ziga yosh qalqigandi. Aytmoqchimanki, yo‘qotishdan so‘ng shu kabi gap-so‘zlar tufayli qandaydir afsuslar va aybdorlik hissi sizni qiynamadimi?
— Aslida otam gap-so‘zlarga bee’tibor edi. Ochig‘i, “xalqning qizisan, endi o‘zingni butunlay san’atga bag‘ishla”, derdi. Qayta turmushga chiqishimni istamasdi. Oilamizda arzimagan gapga ham qayg‘uradigan bu — onam. Ikkinchi bor turmush qurayotganimda ham tiz cho‘kib, “qizim, bu inson sening tenging emas”, degandi. Buni anglaganimda esa otam “xato qilmaslikdan hech kim kafolatlanmagan, siqilma”, degani yodimda. Aytmoqchimanki, afsus va aybdorlik hissiga hojat yo‘q.
— O‘z tashvishlarimiz bilan ovora bo‘lib, bugun yonimizda turgan yaqin insonimizni ertaga yo‘q bo‘lib qolishi haqida o‘ylamaymiz ham. “Hali hammasiga ulguraman”, deya ularning diydori g‘animatligi ayni haqiqat ekaniga ko‘z yumamiz...
— Akam, opam o‘z oilasi bilan ovora. Otamga eng ko‘p vaqtini menga ajratardi.  (samimiy jilmayadi). Hayratlanganim bu — doim qishda va yozda ota-onamizni ko‘rgani xorijdan keladigan akam negadir 16 aprelda oilasi bilan keldi. 17 aprelda restoranda otamning tug‘ilgan kunini nishonlab berdi. Otam shu kuni “sobiq “Yalla” guruhi bilan Gollandiyaga ketyapmiz”, deb o‘zida yo‘q xursand edi. Lekin...     
— Yarangizni yangilaganim uchun uzr! Dard-u quvonchingizni rollaringiz orqali chiqarasizmi yo oila a’zolaringiz bilan dardlashasizmi?
— Ona yuragi sezuvchan bo‘larkan, yuzimga qarab nimadandir qiynalayotganimni bilib qoladi. So‘ng dardimni aytishga majbur bo‘laman va maslahat olaman. Dardli rollarimga ruhan o‘zimni tayyorlab ijro etaman. Birorta rolimga dardimni singdirmaganman.        
— Ancha vaqt kino olamida ko‘rinmay qoldingiz. Bu rollarni tanlash darajasiga yetganingiz bilan bog‘liqmi yo rejissyorlardan taklif yo‘qmidi?
— Ko‘nglimdagidek taklif bo‘lmadi. Rollarni esa kino olamiga kirib kelganimdan buyon tanlab tushaman. “Yo‘l bo‘lsin” filmidan so‘ng bir salbiy qahramon roliga taklif bo‘lganida onam suratga tushishimga ruxsat bermagan. Balki o‘shanda onam befarq bo‘lganida o‘n olti yoshlik dunyoqarashim va qiziqishning ustunligi bilan rol tanlash nimaligini bilmagan bo‘lardim. To‘g‘ri, ishtirokimdagi sayoz filmlar ham bor. Lekin u mening aybim emas, chunki menga berilgan ssenariy bilan ekrandagi film bir-birini inkor qiladi. Natijada “xontaxta” filmlar soni bittaga ko‘payib qolgan. Lekin ishtirokimdagi saviyali kinokartinalar saviyasiziga qaraganda ko‘p.    
— Rolingizda yashashingiz uchun rejissyor, ssenariy va partnyorning professional yo aksi ekanini ahamiyati bormi?
— Professional bo‘lmasa ham Alloh yuqtirgan iste’dodlar borligini inkor qilolmaymiz. Shu sabab dunyoqarashi, bilim saviyasi yuqoriligini bilsam, debyutant ijodkor bo‘lishiga qaramay, ko‘ksidan itarmayman. Hammaga imkon berish kerak, o‘z vaqtida menga ham ishonishgan-ku.
— Nega davlat filmlarida kamnamosiz?
— Aktrisalar orasida eng ko‘p ishlagani o‘zim. Ochig‘i, “Yo‘l bo‘lsin”, “Parizod” filmlari darajasidagi takliflar bo‘lmadi. Boshqa hamkasblarim singari besh soniya ekranda ko‘ringan bo‘lsa ham “falon filmlarim bor”, deydiganlardan emasman. Shu sabab davlat filmlari borasida qolgan rollarimni sanab o‘tmadim.   
— Bugun filmlarda yangi chehralar bosh qahramonlar rolini o‘ynayapti. Sizning davringiz o‘tayotganini his qilasizmi yo hali ancha yillar bosh rollarga da’vogarlik qila olasizmi?   
— Rejissyorlar meni “voy bu ikkinchi plandagi qahramon-ku”, deb rol talashmaganim va “partnyorimga boshqa aktyor tanlasangiz bo‘lmasmidi?” deb e’tiroz bildirmaganim uchun yaxshi ko‘rishadi. Ba’zi hamkasblarimga o‘xshab, “meni rolga tasdiqlaysizmi?” deya rejissyorga tinimsiz qo‘ng‘iroq qilishga g‘ururim yo‘l qo‘ymaydi. Kerak bo‘lsam, o‘zi chaqiradi. Rejissyordan javob bo‘lmadimi, demak u rolda meni ko‘rolmagan.          
— Nahotki, sizda nomozshomgulga o‘xshagan filmlardan ko‘ra teatr sahnasida ijod qilish istagi ustunlik qilmasa?
— Bu haqda o‘ylagandim. Lekin rahmatli otam ham, rejissyor Ayub Shahobiddinov ham “teatr aktrisasining ijro qolipiga tushib qolasan, kerak emas”, deyishdi. Rejissyor Bahrom Yoqubov esa “seni bir marta teatr sahnasida ko‘rsam, qaytib filmlarimga chaqirmayman”, dedi. Haqiqatda fe’limda suhbatdoshimning xislatini “yuqtirib” oladigan odatim bor. Shuning uchun onam “yaxshi odamlar bilan do‘stlashgin”, deyaveradi (kuladi). Shu ma’noda teatr meni qolipga solib qo‘yishi haqiqat.        
— Demak, Zarina Nizomiddinovani teatr sahnasida umuman ko‘rmaymiz-a?
— Yo‘q!
— Instagramda joylaydigan rasmlaringizga qaraganda o‘g‘lingiz Temurxonga kam vaqt ajratadiganga o‘xshaysiz?
— (Kuladi) aksincha, o‘g‘limning menga vaqti yo‘q. Ertalabdan kechki soat to‘rtgacha maxsus maktabda bo‘ladi. Qaytgach, kunora soat sakkizgacha shaxmat va ingliz tilidan “repetitor”ga boradi. Uyquga yotgunicha bir soat suhbatlashamiz, xolos. Juda sho‘x bo‘lgani uchun kun tartibida bo‘sh vaqt qoldirmaganmiz. Yaqinda qiziqishidan kelib chiqib, futbolga ham bermoqchiman.    
— O‘g‘lingizning maktabdagi tadbirlariga muntazam ravishda borasizmi?
— Albatta! Har ikki haftada o‘qituvchisi ota-onalar bilan bitta-bitta majlis o‘tkazadi. Qolaversa, hamma bayramlarida yonida bo‘laman.     
— Farzand tarbiyasidagi fikrlaringiz onangizniki bilan bir nuqtada birlashadimi?
— Onam bizni qattiqqo‘llik bilan tarbiya qilgan. Lekin men nabirasiga onamning usulini qo‘llasam “urishma, hali bola”, deb yonini oladi. Biroq Temurxon meni juda hurmat qiladi, bu talabchanligim bilan bog‘liq.  
— O‘g‘lingiz katta bo‘layapti, ertaga sizni nimalardadir aybdor sanamasligi uchun uning oldida mas’uliyat hissini sezasizmi?
— Shu kungacha noto‘g‘ri qadam bosmadim. Bundan buyon ham to‘g‘ri yashab, xato qilmasligim kerak.    
— Vijdonan javob bering, avvalo namunali farzandmisiz yo ona va yoki san’atkor?
— Uchchovini ham tarozining pallasiga teng qo‘ygan bo‘lardim. Namunali farzandman, chunki ota-onam mendan rozi. Namunali onaman — farzandimni otasi yo‘qligini bildirmay katta qilyapman. Erta turmushga chiqqanimga ham xursandman, chunki o‘g‘lim bor. Namunali san’atkorman, boisi meni yaxshi ko‘radigan son-sanoqsiz muxlislarim bor. So‘qoqda “Etti olam” filmini suratga olayotganimizda fransuz tilidan dars bergan bir otaxon “sizga havas qilib, nabiramni ismini Zarina, deb qo‘yganman”, degan. Bu kabi holatlar ko‘p uchraydi. Hech bir muxlisimni xafa qilmay, hammalari bilan rasmga tushaman, dastxat beraman. “Hozir vaqtim yo‘q”, deydigan hamkasblarimni ko‘rsam, “seni mashhur qiladigan shu odamlar-ku”, deb jahlim chiqadi. Axir aktyorlikning “umr”i qisqa. Xuddi Gollivud, Bollivud aktyorlaridek “ellikka kirganimda ham talabgor aktyor bo‘laman”, deb xom xayol qilishsa kerak-da.        
— Ko‘ngildagidek rafiqa ham bo‘lganman, degan javobni kutgandim...
— (Kuladi) To‘g‘ri, Temurxonning otasiga ko‘ngildagidek rafiqa bo‘lganman. Chunki kareramni tashlab, oilam uchun u bilan xorijga ketgandim. Lekin...  taqdir ekan...
— Onangizning o‘rnida bo‘lganingizda Zarina Nizomiddinovaga nimalar degan bo‘lardingiz?
— “Shoshqaloqlikni tashla, xatolaring sababi shu odatingdan-ku, jahlingni ham jilovla, asab tolalari qayta tiklanmaydi”, deb nasihat qilgan bo‘lardim (kuladi).
Sadoqat ALLABERGANOVA suhbatlashdi


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9228 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Zarina Nizomiddinova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Muslima979797 H nma qpti !
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное