Меню
Мега Музыка
Поиск
Oпрос
Какая у вас скорость для TAS-IX ?
Barcha ovozlar: 3737
Фотоалбом
Главная » Muchallar va Burjlar haqida » Burjlar haqida to'liq ma'lumot

Hamal (21 mart - 20 aprel)

Yulduz burjlarining birinchi ramzi bo'lgan Hamal, ya'ni "Qo'y", ajdodlarimiz ta'kidlashlaricha Burjning yulduzlar zoylasuviga monanddir.
Qadimgi Yunon afsona va rivoyatlariga ko'ra Hamal yunon shoxining farzandlari Friks va Gellani ularni nobud qilmoqchi bo'lgan o'gay onasi Inodan olib ketgan qo'chqor bo'lgan. Gella safar chog'ida dengizga qulab tushadi va nobud bo'ladi. shundan buyon u Gelespont deb ataladi. Xavfsizlikka erishgan Friks qo'chqorni Zevs haqqiga qurbon qiladi va Zevs qurbonlikni osmondga olib chiqadi. Qo'chqorning terisi qadim yunon mifologiyasida "Oltin mo'yna" nomi bilan mashxur va aynan mana shu Oltin mo'yna Argonavtlarning sarguzashtlariga sabab bo'lgan.
Hamal ramzi qayrilgan qo'chqr shoxlarini eslatadi. Biroq, ko'pgina munajjimlarning ta'kidlashlaricha Hamal qoshlar va burunni anglatadi, chunki Hamal qolgan barcha yuz va bosh qisimlariga ta'sir o'tkazadi.
Tashabbus, intilish va ishbilarmonlik. Hamal xarakatlar boshlanishi, shaxsiy rivojlanisning yangi bosqichi, tajovuskorlik, to'gri yonalishlar ramzi. Jadal quvvat va intilishlar ko'zga tashlanadi. Kardinal burj bo'lganligi sababli hamisha o'z oldiga o'zini qiziqtirgan yangidan-yangi vazifalar qo'yadi va toki ular yangilik hususiyatini yo'qotmaguncha ularga amal qiladi.
Hamal burji ostida tug'ilgan insonlarning ichki hissiyotlari jadal xarakat qilishni talab qiladi, hayotda o'z-o'zini himoya qilishga undaydi. Ular o'z extiyojlari haqida gapirishlari yetarli emas, ular extiyojlarini amalga oshiradilar. Hamallar fikrlashni o'rgansalar, juda ko'p narsaga erishishlari mumkin. Sabrsizlik va o'zgalarga quloq sola olmasligi Hamallarni qiyin ahvolga solib qo'yadi. Shoshqaloqligi sababli ular ishni ohiriga yetkazmaydilar va ishni boshqa qaram burjlarga qoldiradilar.
Izzattalab bo'lganliklari sababli doimo birinchi va oldi bo'lishga intiladilar. Hamal - tug'ma sardor. Shuxrat va mavqe Hamal uchun pul va qulaylikdan afzalroq. Xokimlik va xokimiyatga intilishi oqibatida u tajovuzkor bo'lib qoladi va shavqatsizlikdan ham qaytmaydi. Har doim yangi yo'nalish va imkoniyatlar qidiradi. Hamal iltifotni, mulozamatni, o'z qilmishlarini tahlil qilishni o'rganishi kerak. Ko'pgina hamallar kuchli iroda, o'z-o'ziga bo'lgan ishonch va cheksiz ruhiy imkoniyatlar egalari hisoblanadi.
Shak-shubxasiz do'stona, aniq harakatli, qo'lni mahkam siquvchi, hurli tabassum egasi haqiqat kurashchisi bo'lgan insonni hech uchratganmisiz? Agar shunday bo'lsa ishonavering - bu Hamal.
Hamallarning asosiy, ajralib turuvchi xislati - otaketgan egosentrizm. Agar saxar soat 4da uning hayoliga ajoyib bir fikr kelib qolsa o'sha zahotiyoq, o'ylab ham o'tirmay, siz bilan o'rtoqlashgani uyingizga qo'ng'iroq qiladi. Hamal butun dunyoni o'zi orqali, o'z ko'zi bilan ko'radi.
Lol qoldiruvchi coddaligi uning har qanday qo'rquvdan holi ekanligini bir oz bo'lsada ifodalab beradi. Go'dak qo'li kuymaguncha olovdan qo'rqmaydi: hamal ham huddi shunday. Faqat og'riq bartaraf bo'lgani hamon u yana o'z bilganini qiladi, aqli kirmay qolaveradi. Unda ayyorlik va tilyog'lamalik yo'q, u butunlay sodda va bir umr shunday bo'lib qoladi. Bundan tashqari hamal umuman yolg'onni eplolmaydi. Agar uni hafa qilsangiz yoki biror narsasini tortib olsangiz baqirib, shunday janjal ko'taradiki, uni ovozini o'chirish uchun har narsaga tayyor bo'lasiz.
Odatda Hamallar qoshlari tutashgan, keskin (kamdan-kam mayin va jilvador) yuzli insonlardir. Ko'p hollarda yuzida yoki boshida hollari bo'ladi. Rangi qizil, sochlari qizg'ish tusga moyilroq bo'ladi. Erkaklar hamda ayollar keng yelkali, biroz enkayib yuradilar.
Tajovuzkor ko'ringaniga qaramay, mart-aprel oylarida tug'ilgan insonlar hammani o'ziga do'st deb biladilar. Garchi kimdadir adashgan bo'lsalar ham buni sirtiga chiqarmaydilar. Agar Hamal haqiqatdan ham yig'layotgan bo'lsa, demak uni aynan yuragiga zarba berganlar. Ulardan hamkorlikni ham, hamjihatlikni ham, nozik tushunchani va sabrni ham kutmanglar.
Ular juda ham to'g'riso'z - Yolg'on va ko'zbo'yamachilik ularga hos emas. Shunday bo'lsa ham ular tez-tez bolalarcha qiliqlariga javobgarlik hissini sezmaydilar va shu sababli bo'ladigan ko'ngilsiz oqibatlarga javob bera olmaydilar. Ular botir, qo'rqmas, qiyinchiliklarni mardlarcha yengib xayotga tik borsalar ham jismoniy azobni mutlaqo ko'tara olmaydilar. Shuning uchun ham aytishimiz mumkinki, ular tish shifokoriga borishni doimo ortga suradilar. Hamal doimiy bosh og'rig'idan aziyat chekadilar. Aslida bir oz sog'liqlariga e'tibor berganlarida va alkogoldan nafslarini tiyganlarida, ular mutlaqo sog'lom bo'lishlari mumkin edi. Yillab shifokor huzuriga bormagan hamallar, bir ku kelib, qachonki kasallari o'tib ketib biror shikoyat paydo bo'lganda behosdan shifokor huzuriga tashrif buyurishni istab qoladilar. O'zining optimistligi sabab, Asad va Qavs kabi u'zoq va surunkali kasalliklar bilan kamdan-kam kasallanadilar. Odatda ularni yuqori istimali shamollash, o'tkir yuqumli kasallik yoki yallig'lanishlargina oyoqdan yiqitishi mumkin.
Hammallar o'zlarini har ishga qodir deb biladilar va o'z ishni hech kimga ishonmaydilar. Hammasini bir o'zi qilishga urinishu oqibatida butunlay holdan toyib, asablarini ishdan chiqarishgacha yetib boradilar. Uni dangasalikda ayblay olmaysizlar.
Hamal egoist bo'lishiga qaramay qattiqqo'l emas. Jahli birdaniga alanga olishi mumkin, lekin u tezda o'chadi, buning ustiga u yomonlikni eslab yurmaydi. Hamallar jahl ustida o'z raqibini qattiqroq suzgan bo'lsalar, jahldan tushganlaridan so'ng uzr so'rashga e'tiroz bildirmaydilar.
U bekorchi narsalarga vaqt sarflashni yoqtirmaydi, chunki u faqat bugungi kun bilan, hatto ayni vaqtda yashaydi, qolganlari esa uni qiziqtirmaydi. Biroq, o'zining maqsadga intiluvchan harakatiga qaramay, Hamal qalbining eng tubida mulozamatgo'y, mo'jizalarga ishonuvchan idealist. Hamal kamdan-kam siyosatga aralashadi - bu uning harakat doirasidan tashqarida. U yahshisi biznesda va ijodiy ishlarda o'zini ko'rsata oladi. Bundan tashqari, kim muvozanatga erishgan bo'lsa, juda yaxshi tashkilotchi hamdir.

Hamal - Kasbiy faoliyatyatida
Hamal-rahbarlar dangasa va yalqovlarni yoqtirmaydilar. Agar kimdir quloqqa tepayotganini sezib qolsa o'sha zahoti baqirib beradi. Agar aybdor aybini tan olib, kelgusida vijdonan ishlashga so'z bersa, uni kechiradi va buni isbotlashga imkon beradi. Hamalning qo'l ostida ishlasangiz idorada kechgacha yoki dam olish kunlari ham ishlashga tayyor bo'ling. shunisi borki, agar siz ishga kech qolsangiz, tushlikdan kech qaytsangiz yoki yuga javob so'rasangiz u bunga barmoq orasidan qaraydi.
Hamalni ishga qabul qilgan rahbar juda to'g'ri yo'l tutadi, yoki juda katta hato qiladi - hammasi uni qanday ishga qo'yishiga bo'gliq. Agar unga bir maromdagi, zerikarli ishga qo'ysa Hamal tezda zerikadi va yalqovlik qila boshlaydi. Agar unga bir-oz erkinlik va o'zini ko'rsatishga imkon yaratilsa bormi, u chinakamiga o'sa boshlaydi. U ishga 2 soat kech kelishi mumkin, lekin yuga ketishga shoshilmaydi, hatto ishini tugatmasa qorovul chol haydab chiqarmaguncha ishlayveradi. Hamalning buyuk ijodiy quvvati istalgan paytda namoyon bo'lishi mumkin va bunday vaqtlarda unga yahshisi halal bermagan ma'qul. Mart ohirida va aprelda tu'gilgan insonlar uchun pul ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Albatta, ular ham hizmatiga yarasha xaq olish tarafdori, lekin Omad va obro' ular uchun moddiy mablag'dan ko'ra ustunroqdir. Qachonki Hamal o'z hizmatlarini inobatga olayotganlarini his qilsa u yanada berilibroq ishga sho'ng'iydi. Shuning uchun e'tiborli rahbar Hamalga e'rkinlik berib, uning lavozimini oshirib, hatto o'ziga o'rinbosar etib to'g'ri yo'l tutadi.

Hamal - Oila va Muhabbat
Ehtirosli sarguzasht izlagan ayollar Hamallar bilan zerikmaydilar. Agar ularga ishonchli, o'zini panohiga oluvchi urm yo'ldosi kerak bo'lsa, ular bekorga ovora bo'ladilar. Hamal ba'zida ehtirosli bo'lsa, ba'zida muz kabi soviqdir. Agar u hafa bo'lsa yoki siz bilan zerika boshlasa, u yo'qolib qoladi, va hammasini boshidan boshlashingizga to'g'ri keladi - Hamal tabiati Mars sayyorasiga bo'ysunadi. Hamal sabrsiz, qo'rqmas va o'z-o'ziga ishonuvchan, Sardor bo'lishni yoqtiradi, hatto behad xotamtoy va hamdard bo'lishi mumkin. Lekin uning tilaklari darhol bajo keltirilmasa, u egoist va qattiqqo'l bo'lib qoladi. Ko'rinishidan mo'min-qobil bo'lib tursa ham, ishonavering, uning ichki dunyosi, tuyg'ulari to'lib toshib turadi. Agar bosjhlagan ishi sinsa ham u bo'laklarni bir biriga tutashtirib uni saqlab qolishga harakat qiladi. Mart-Aprel oylarida tug'ilgan erkak haqiqatdan sevib qolsa, u muhabbatiga bir umr sodiq qoladi. Uning haqiqati va ongi hiyonatga yo'l qo'ymaydi. Biroq, uning sevimli yori uning ertaklariga quloq solib, o'zini ertakdagi malikadek ko'rsatmasa undan ajrab qolishi hech gap emas.
Hamal o'taketgan rashkchi. Bu borada unga faqat Asad bas kela oladi. Boshqa birovga hatto ko'zingiz qirini tashlashga ham ehtiyot bo'ling, aks holda fojea yuz berishi mumkin. Hiyonat haqida esa gapirmasak ham bo'laveradi. Hamal sizni ko'klarga ko'taradi, faqat chizig'idan chiqmasangiz bas!
Hamal xasis emas, sovg'a qilishni yoqtiradi. Faqat ayoli uning xarajatlarini sanamasa bo'lgani - u bunga chidolmaydi. U o'zi ishlab topgan pulini hohlagancha sarflashni yoqtiradi. Hamal oila boshlig'i, lekin ayoli uyda o'tirib do'ppi tikishini unchalik ham hush ko'rmaydi. Unga aqlli, zakovatli ayol kerak - qanday hohlasangiz shunday uddasidan chiqing!
Mart-aprel oylarida tavallud topgan ayollar erkaklarsiz ham boshqa burj vakillariga ko'ra osonroq yashaydilar. Albatta, ularning ham o'z siymolari mavjud, lekin uning atrofidagi barcha erkaklar unga to'g'ri kelmaydi, chunki Hamal ayollar o'zlarini ulardan ko'ra epchilroq va uddaburon hisoblaydilar.
Hamal ayollar mehabbat bobida ilg'orlar safida bo'lishga ko'nikib qolishgan. Odatda ular birinchi bo'lib, albatta vaqti kelganda erkaklarga muhabbat izhor qiladilar. Shu bilan birga Hamal ayol uning ishqiga befarq erkaklarga ko'proq etibor beradilar. U doimo oshiqlar davrasida bo'ladi, lekin uning ko'ngli yagona, qo'l yetmas erkakga intiladi. Hamal burji vakillari o'zlarini maqtashlarini yoqtiradilar, lekin ularga ko'p iltifot qilavermang. Ular o'taketgan vafodor ayollar qatoriga kiradilar - faqat ularni sevsangiz bo'lgani. Faqat buyruq bera ko'rmang - ular bunga chiay olmaydilar. Shu bilan birga Hamal-erkaklar kabi ular ham o'taketgan rashkchi bo'ladilar.
Hamal ayollar turmushga chiqquncha va turmush qurganlaridan so'ng ham to'la ozodlik talab qiladilar. Faqat ular tabiatan tarbiyalidirlar: bir vaqtning o'zida ikki erkakni seva olmaydilar. Agar ular birorta boshqasini sevib qolsalar va sizni boshqa sevmasalar bu haqda sizga ochiq aytadilar. Hamallar - mehribon onalar. Ular farzandlarini aqlli, ozoda, sog'lom va baxtli bo'lishiga intiladilar, lekin ularni qattiqqo'llik bilan tarbiyalaydilar. Lekin shu bilan birga farzandlarini mehr-muhabbatdan bebahra qoldirmaydilar. Farzandlariga ertak aytib berish uchun doimo vaqt topadilar.
Hamal - Farzandlar
21 martdan 20 aprelgacha tu'gilgan go'daklar o'zini yolg'izlatib qo'ymaydilar - dod solib o'zlariga chaqiradilar. Ahir kimni haqqi bor uni yolg'iz qoldirishga? Kim o'zi boshliq: Hamalmi yoki boshqasi?
Kim boshliqligini ota-onalar go'dakni tug'ruqxonadan keltirgan zahotiyoq bilib oladilar. Endi oilangizda chaqaloq-hamal boshchilik qiladi. Buni siz birinchi to'polondayoq his qilasiz.
Hamalchalar odatda boshqa tengdoshlariga qaraganda tezroq tillari chiqadi va yura boshlaydilar. Tishi chiqqandan keyin esa tamom bo'ldim deyavering. U hamma narsaga burnini (aniqrog'i qo'lini) suqaveradi. Bu yoshda uydagi barcha kesuvchi, sanchiluvchi, yondiruvchi va kuydiruvchi narsalarni berkitib qo'ygan ma'qul. Ota-onalarga maslahatimiz - undan ko'zingizni uzmang! Bir oz ulg'ayib qolibsa tabiati yanada yaqqollashadi. Ozgina qarshilik ko'rsatsangiz jahli chiqib ketadi. Lekin chochimang - tezda jahldan tushadi. Uning kulgusi huddi bo'rondan keyingi quyosh nuriga o'hshaydi.
Hamal burjida tug'ilgan bolalar qizg'onchiq bo'lmaydilar, o'yinchoqlarini do'stlari bilan birga o'ynaydilar. Maktabga borganlari uy vazifasini qilmasalar havotirga tushmang. Ularga otchalar, baliqchalar, olmalar misolida tushuntirish befoyda. Undan ko'ra u boshqalar kabi aqlli, tarbiyali, o'qimishli emasligini, lekin baribir uni yahshi ko'rishingizni aytsangiz kifoya, shu kundan boshlab o'qishga beriladi-qoladi. Hamal doimo oldinda ekanligini isbotlashi kerak-ku ahir! Agar maslahatimiz rostdan ham qo'l kelsa, bu haqda sinf rahbariga aytib qo'yishni ham unutmang. Hamalchalar sinfda bitta emas, balki bir nechta bo'lishi ham mumkin-da!
Aprelda tug'ilgan bolalar boy tasavvurga egalar, doimo nimalarnidir orzu qiladilar. Lekin ularning orzusi doimo aniq asoslangan bo'ladi. Do'stlari bilan o'ynaganda ko'p hollarda yo'lboshchilik qiladi. Agar o'rtoqlari unga quloq solmasalar uning oriyatiga katta ta'sir qiladi. Bunday vaqtlarda yahshisi unga tasalli berish va to'g'ri yo'l ko'rsatish lozim. Manmanlik va buyruq berish bilan har doim ham kamolotga yetib bo'lmasligini u tushunib yetishi darkor. Agar hamal farzandingiz bilan birga bo'lmasangiz, u hatto uydan qochib ketishi ham mumkin. Bunday voqealar ko'p bo'lgan. Hamal-bolalar ko'p o'qishadi. Ayniqsa qahramonlar va sayohatchilar haqidagi kitoblarni yoqtirishadi. Ertaklarga ham befarq qarashmaydi. Ularni astoydil tarbiya qilsangiz, balki kelajakda fahrlanishga arzigulik ishlarni amalga oshirishlari mumkin! Ana unda marra sizniki!
Hamal belgilari
Omadli munosabatlar: Javzo va Qavs o'zlarining hotirjamligi va falsafasi bilan Hamalni yo'lga soladilar, Dalv va Me'zonga esa ko'proq jismoniy moyillik his qiladi.
Omadsiz munosabatlar: Jadiy, Saraton, Hut, Aqrab. Sumbula va Savr bilan sovuq munosabatlar.
Sayyoralar: Mars, Quyosh (Shams)
Timsollar: Qo'chqor (Qo'y), bug'i (kiyik), qizg'ish-sariq va yashil kvadratlar.
Ranglar: Yorqin-qizil, limu, havorang, ciyohrang, pushti va barcha tovlanuvchan ranglar (binafsha rang - omadsiz).
Toshlar: Olmos, ametist, krovavik, geliotrop, oytosh, akvamarin, zumrad.
Metalllar: temir, po'lat.
Jismoniy ta'sir: bosh, yuz.
Tumor: Bolg'a, Oltin teri.
Omadli raqamlar: 4, 7, 9 (9-ga karrali barcha sonlar),11.
Omadli kunlar: Seshanba, Yakshanba.
Omadsiz kunlar: Juma, Shanba.
Mamlakatlar: Angliya, Germaniya, Daniya, Siriya, Italiya, Kichik Osiyo.
21 martdan 31 martgacha tug'ilganlar: Mars sayyorasi ta'sirida - Shiddatkor, tajovuzkor, qattiqqo'l, kuchli, tarbiyasiz, muhabbatda ehtirosli.
Muhim yillar: 15, 30, 45, 75.
1 apreldad 11 aprelgacha tug'ilganlar: Quyosh ta'sirida - Mag'rur, bag'rikeng, muruvvatli, botir, yo'lboshchi, g'ururli insonlar. Muhabbat ularni bo'glab oladi.
Muhim yillar: 15, 19, 30, 35, 45, 57, 60, 76.
12 apreldan 20 aprelgacha tug'ilganlar: Venera sayyorasi ta'sirida - Ehtirosli va latofatli, epchil va chaqqon, nafis musiqa va nozik san'at shaydolari.
Muhim yillar: 15, 30, 36, 40, 60, 66.

Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Жойлашган бўлим: ADMIN | Жойлашган бўлим: Burjlar haqida
| Комментарии: 7 | Рейтинг: 0.0/0
Mavzuga Oid KINOLAR:
Реклама

Всего комментариев: 7
Maftun98 Hamal burjida tugilganman. Bildirilgan fikr togri chiqdi. 90% ga. Ayniqsa bollalikdagi tarifi togri chiqvoti. Onam mani huddi shunaqa yigloqi bogansa 1ta ish qildirmasdan hammani yoninga yegvolardin digandila.
Like | 0
irodabini Xa haqiqatga yaqin ekan.
Like | 0
registon95 Meniki xammasi togri chiqti 95% gap yoq
Like | 0
bonushka Anchasi tögri kelar ekan
Like | 0
guli88 Ajoyib xaqiqatga aqin ekan
Like | 0
uzbek_kizi_96 bir xilgi joylari tigri bur xilgilari togri kelmadi
Like | 0
danyel22 haqiqatga yaqin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новости сайта



Дополнителное меню
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное