Меню
Мега Музыка
Поиск
Oпрос
Tarona.net portali yanada ommalashishi uchun qanday yo'l tutgan ma'qul?
Barcha ovozlar: 4931
Фотоалбом
Главная » Muchallar va Burjlar haqida » Burjlar haqida to'liq ma'lumot

O'qotar burji (23 noyabrdan- 21 dekabrgacha)

Bu muchal sohiblari odamshavan-daliklari, do’stona munosabatlari, to’g’riso’zliklari bilan boshqalardan ajralib turishadi. Ular birdan qattiq gapirib, bir oz ranjitib qo’yishlari mumkin. Lekin aslida beg’araz, ko’ngillari oq bo’ladilar. Bunday paytda ulardan xafa bo’lmang, chunki yomon niyatlari bo’lmaydi; Ular juda aqlli, samimiy bo’ladilar.  
 O'qotarlar xuddi olti yashar boladek dili pok va soddadil bo’ladi. Ular tinib-tinchimaydi, hayvonlarni, sportni sevishadi, xavf-xatardan qo’rqmaydi. Doimo xursand bo’lib yuradi, ortiqcha takallufni yoqtirmaydi, qiyin ahvolda qolganda ham birovga madad tilab yalinmaydi. Nopoklikda ayblashlariga chiday olmaydi. 
O'qotarlar ayniqsa ularni insofsizlikda ayblashganda toqat qilisholmaydi.Mabodo birov bilan janjallashib qolsa uzr so’rashga harakat qiladi. Safarni yaxshi ko’radi. Xuddi yosh bolaga o’xshab hayot qiyinchiliklariga parvo qilishmaydi, lekin mas’uliyatni sezadi.
Bu muchalda tug’ilganlarning ko’pincha jigari, oyog’i va qo’llari kasallikka uchraydi. Sportda shikastlangudek bo’lsa ham kasalxonada ko’p yotmaydi. Kasallikni engishga harakat qilib, tez orada sog’ayib ketadi. O'qotarlar ertaga bugungidan ham yaxshi bo’ladi, deb umid bilan yashaydi. Birorta ayolga bir ko’rgandayoq oshiqi beqaror bo’lib qoladi, lekin darrov ko’ngli soviydi xam. 
O'qotarlar nuqsoni — ichkilikni yaxshi ko’radi. Sir saqlashni bilmaydilar. Ammo har qanday og’ir vaziyatdan osonlik bilan chiqadi. Xotirasi aql bovar qilmaydigan darajada yaxshi bo’ladi. Ismlar, kunlar, raqamlar va ikir-chikirlarni juda yaxshi eslab qoladi. Lekin pal’tosini qaerda qoldirganini eslay olmaydi. Sahiy qalb va xushchaqchaq. Doimo maqsadiga erishadi. 
ERKAKLAR.
Bir xillari bosiq, o’ylab gapiradigan bo’ladilar. Yoqimtoy, xushchaqchaq, kuch-g’ayratli, mard bo’ladilar, ayollarga yoqadilar. Boshqalari olim, siyosatchi, dono bo’ladilar. Ular ham doim nohaqliklar bilan kurashib yashaydilar. Xushchaqchaq, odamoxunligiga qaramay, o’ylagan narsalariga erisha olmay ma’yus yuradilar.
Erkak — O'qotarning g’alati odatlari odamni taajjubga soladi. U hammaga ishonadi, soddadil bo’ladi. Xayolpa-rastligi ham bor. Imkon boricha maqsadiga erishishga harakat qiladi.
U nohaqlikni yomon ko’radi, taqdir zarbalaridan darrov o’ziga keladi. U chin dildan beg’araz maslahat, tanbeh beradi.
Aybi, o’ylamay ish qilib qo’yadi, e’tiborsizligi ham bor. Xuddi kamon o’qidek to’g’ri, o’ylaganini gapiradi. U uylanadi, lekin ehtiyot bo’lib muomala qilib yashamasangiz, turmushingaz buzilib ketishi hech gap emas. Tamomi chiroyli ayollarga qarab to’ymaydi, lekin uni rashk qila ko’rmang. O’ziga qo’yib qo’ying. Ortiqcha savollar bermang, tashlab ketaman deb qo’rqitmang. Bolajon, ayniqsa bolalari kattaroq bo’lganda parvona bo’ladi. Ko’proq o’g’illariga mehri baland bo’ladi. Sizni qanchalik koyimasin, dilingizga ozor bermasin, bir kuni kelib, hammadan ham sizni sevishini aytadi.
AYOLLAR.
Bu muchalda tug’ilgan bir guruh ayollar harakatchan, to’g’riso’z, sportchi bo’lib, oilaviy hayotga juda qiyinchilik bilan moslashadilar. Boshqalari go’zal, aqlli, nazokatli, san’at shaydosi, kitobsevar bo’ladilar. U dilingizdagini topib gapiradi.
O’zining hissiyotlarini ochiqdan-ochiq aytavermaydi. Issiq istarasi, shirinso’zligi bilan mahliyo qiladi. Hech qachon yolg’on gapirmaydi. Tinib-tinchimaydi. Himoyaga muhtoj bo’ladi. Buyruqqa toqati yo’q. Dilidagi tiliga chiqadi. Ruhan birdan sizni sevib qolib, ich-ichidan o’rtansa ham buni bildirmaydi. Birovga ham yorilmaydi.Judahalol, pokiza, saranjom-sarishta, ta’mli ovqat, bejirim kiyimlarni, safarni yaxshi ko’radi, pulga, davlatga xirs qo’ymaydi. U vijdonli, halol erkakni yaxshi kuradi. Farzandlariga juda mehribon. Mehmondo’stlikda ularga teng keladigani bo’lmaydi. Qalbi juda nozik. Ayollik latofati doim mujassam bo’ladi. U eriga sadoqatli bo’ladi, ishonadi va qattiq sevadi.

Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Жойлашган бўлим: ADMIN | Жойлашган бўлим: Burjlar haqida
| Комментарии: 12 | Рейтинг: 4.0/4
Mavzuga Oid KINOLAR:
Реклама

Всего комментариев: 12
Maknuna77 Tori cqd hamasi! Good luck
Like | 0
Muhrshox To'g'riyu ayrim joylari to'g'ri kemavotida
Like | 0
6256373 tog'ri barchasi lekin nimaga hamal burjidagidek kengroq fikrlar yozilmagan admin shuni bir qarab qoyilar iltimos.
Like | 0
shirin20 Qavs burji ostidagi erkaklar bosiq, xushchaqchaq bolarkan, ayollari aqlli mulohazakor bolarkande ulani aldaw osonakan. Balki bu malumotlani toqib cqariwda qyincilila bovotgandr no iltimos nma dvotganini bilib gapiradigon odam to'qisin
Like | 0
20140602 nega yanvar fevral oylari yani dalv burji yoq
Like | 0
oftoboy2 ha t6g'ri chiqdi
Like | 0
sadik Manga 100% tug'ri kelmadi lekin bazilari turi raxmat shunchalik malumot uchun.
Like | 0
sabinAA töppa tögri
Like | 0
Begzod007 1%kam qoshilaman hozircha hamma joyim sog' lekin meni sevgim kuchli kog'lim tez qolmaydi baribir sizlarga kattakon raxmat oma zo'r.
Like | 0
seryoja1992 хотира хакида етканилар топпа тогри. Гап ёок. Хар кунлик мунажжимлани ёозсейлар яхши болармиди.
Like | 0
kamosh88 Raxmat sizlarga tuppa tugri yozibsizlar sizlarga kuch gayrat tilayman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новости сайта



Дополнителное меню
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное