Меню
Мега Музыка
Поиск
Oпрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Barcha ovozlar: 12979
Фотоалбом
Главная » Muchallar va Burjlar haqida » Burjlar haqida to'liq ma'lumot

Tog' echkisi ( 22.12. 20.01.)

Aqlli, qaysar fe'lli. U muchallar orasida ham ma'nan, ham eng sabrli, jismonan bardoshli va chidamlisidir. Kamgap, kamsuqum, izzattalab. Davr haqiqati bilan yashaydi, ishni ishtiyoq bilan bajaradi, o'z qadrini biladi. Omad uni qadam-baqadam, pog'onama-pog'ona boshlaydi. Mislsiz chidam va o'jarlik bilan g'ovlarni yengib boradi.

"Tog' echkisi"ni hech narsa gangatib qo'yolmaydi va o'z yo'lidan qaytarolmaydi. "Tog' echkisi"ni hamisha birinchi bo'lish va izzat-nafsini qondirish mumkin bo'lgan jamiki sohalarda uchratish mumkin. Ular o'zlariga e'tiborni qaratmaydilar. Hatto dastlab ularni payqamaysiz ham. Musobaqada g'olib chiqish uchun "Tog' echkisi"da hech qanday imkoniyat yo'qdek tuyuladi. Ammo, marraga va ayni zamonda g'alaba shohsupasiga ham birinchi bo'lib u etib keladi. U bilan olishish amalda behuda va befoydadir.
"Tog' echkisi" yuksalish yo'lida o'zidan o'zib keta oladigan har bir odamni chuqur hurmat qiladi.U muvaffaqiyatni, izzatni, hukmronlikni ulug'laydi va an'analarni qadrlaydi.O'zini ko'ra olmasliklariga, olifta yoki ikkiyuzlamachi,deb atashlariga parvo ham qilmaydi.
"Tog' echkisi" duiyoqarashlarini o'ylamasdan aytib yuborib, keskin tanqidiy fikr bildirsa-da, dushman orttirib qo'yishdan donolik bilan saqlana oladi. Ko'p hollarda u sizning fikringizga qo'shilgandek tuyuladi, bu ko'rinishdangina shundoq. "Tog' echkisi" zimdan otiladigan toshlar va to'siqlardan juda ehtiyorkorlik bilan yutib ketadi va shu bois ham kamdan-kam qoqiladi. Ularning ko'zlari yulduzlarga emas, to'g'riga - yo'lga qadalgan. Oyoqlari ham erda musgahkam turadi. Rashk, ehtiros, qiziqqonlik, dangasalik va beg'amlik - bularning hammasini "Tog' echkisi" maqsad yo'lidagi to'siq, deb xisoblaydi, mayli boshqalar shularga giriftor bo'lib qolaversinlar. U bunday odamlarni oson tushunishi ularning muvaffaqiyatsizligiga achinishi va yana o'z yo'lida xotirjam ketaverishi mumkin. Albatta, xayolparast "tog' echki"lari ham bor. Ammo ular ehtiros ko'zlarini ko'r qilishiga yo'l qo'ymaydilar.
"Tog' echkisi" sizni hurmat qilishini xohlasangiz shart-sharoitlarga rioya qilishingizga to'g'ri keladi. U hech qachon oshkor sahnalar uyushtirmaydi va o'z hissiyotlarini namoyon etmaydi. U albatta, o'z ajdodlarini va kattalarni hammadan yuqori qo'yadi. Yoshga va tajribaga hurmat -unga xos xislatlarning biri. Ko'pincha qariganida yoshligida ulgurmagan ishni bitkazishga urinadi. "Tog' echkisi jamiyatda mavqe'ga ega bo'lmagan odamni suyib qolishi extimoldan yiroqdir. U o'ylamay-netmay turmush quradiganlar toifasidan emas. Aksincha, uzoq va sinchkovlik bilan unga tayyorlanadi. Qarindoshjonligi tufayli unga tug'ishganlaridak qandaydir meros qoladi.
Siz uning bu hislatlarini ta'magirlik ilinjidagi muomala, deb aytishingiz mumkin. Ammo Tog' echkisi tanangizga yelka qisib qo'ya qoladi: chunki u tabiatan shundoq samimiy va beg'araz. Imkoniyat uchun bu muchalda tug'ilganlarning eshigini uzoq taqillatib turishga tug'ri kelmaydi. Go'yo u hamisha shu imkoniyatni kutib turadi.
Bu muchaldagilar bolaligada nimjonroq bo'ladi. Ammo vaqt o'tishi bilan ularning kasallikka qarshiliga ortib boradi. Tabiatan hushyorlik va uzoqni ko'ra bilish uning chidamini charhlaydi. Lekin shunga qaramay, ular xar doim ham shifoxonalar va shifokorlardan qochib qutilol maydilar. Chunki qo'rquv va bezovtalik mikroblardan ham xatarlidir. Har qanday yordam, shifo, taskin-tasalli ruhan cho'kish xavfining oldini ololmaydi.
Bu muchalda tug'ilganlar juda ko'p vaqtlarini ochiq havoda o'tkazishlari va o'zlarida yashash ishtiyoqini oshirishlari lozim. E'tibor bergan bo'lsangaz, Tog' echkilarining deyarli barchasining terilari ta'sirchan bo'ladi. Shuningdek, oshqozon kasaliga chalinish ehtimoli bo'lib, eng zaif joylari suyak va bo'gimlar hisoblanadi. Xayolparastlik oqibatida bosh og'rishi, buyrak xastaliklari va ruhiy kasallikka chalinishlari mumkin. Mabodo, o'z ruhiy holatlaridan kelib chiqqan uzoq muddatli kasallikdan xalos bo'la olsalar, juda uzoq umr ko'radilar.
 
 
ERKAKLAR.
 
Bu muchal sohibi jur'atsiz, shu bilan birga juda kuchli hamdir. U yolg'izlikni afzal ko'radiganday tuyuladi, aslida esa unday emas. Ko'pincha uni tushunish qiyin bo'ladi. Ba'zida kutilmaganda ba'zi bir xatti-xarakatlari bilan sizni hayratga solishi mumkin."Tog' echkisi" hech qanday maqtovlarsiz ham tinch yashayotganday ko'rinsa-da, biroq u o'zini, go'zal, qaddi-qomati kelishgan, aqlli deb maqtashlarini juda-juda istaydi. Lekin sirtdan bu narsa namoyon bo'lmaganliga uchun ham uni kamdan-kam maqtashadi.
Uning onasini haqorat qila ko'rmang, sizga yoqmagan taqdirda ham qarindoshlariga sovuq muomalada bo'lmang, bu hol yaxshi oqibatga olib bormaydi, u sizni aslo kechirmaydi.
Bu muchal sohiblari boshqa erkaklarga nisbatan kechroq sevishadi. Ular qat'iy bir qarorga kelmaguncha uylanishmaydi. Ular tanlagan ayol-mehribon ona, ajoyib uy bekasi,did bilan chiroyli kiyinadigan,aqlli va yaxshi tarbiyalangan bo'lishi kerak. Bu muchal sohiblari bolalarni juda sevishadi. Bolalari unga hurmat bilan qarashlarini va so'zsiz itoat qilishlarini talab qiladi. U ham bunga javoban bolalariga mehribon va o'z manfaatlaridan ham kechadi.
 
AYOLLAR
Bu muchal sohibasi o'ziga xos xususiyatga ega: yoshi ulg'ayishi bilan uning go'zalligi oshib, jozibali bo'lib boradi. 35 yoshga kirganida 18 yoshdaligiga nisbatan ko'proq erkaklarga yoqadi. Lekin hamma ham uning ko'nglini topavermaydi."Tog' echkisi"  ayolining hislatlaridan biri  yaxshi tarbiya ko'rganligi va o'zini tuta bilishidir.
Bu ayol ajoyib jozibadorligi, go'zalligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Lekin uning o'zi bundan shubhalanib yuradi. Doim unga go'zal ayol ekanligini ta'kidlab turish kerak. Unga uylangan erkak uning oila a'zolarini ham o'z zimmasiga oladi. U qarindosh-urug'lari va yaqinlariga nisbatan juda mehribon, ajoyib uy bekasi, go'zalllikni hamda tabiatni sevadi.Bu muchal sohibasi bolalarni sevadi va ularning tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi. Ular totuv yashashadi.
Uning terisi ta'sirchan bo'lganligi uchun ham ko'p bo'yanavermaydi. Lekin tabiat unga boshqa ayollarga nisbatan uzoq yillar davomida saqlanib qoladigan tabiiy go'zallik ato etgan. U o'ta qaysar. Lekin hech qachon qiyinchiliklardan nolimaydi.U sizni muvaffaqiyat qozonishga undashi va shu bilan birga mehr ko'rsatishi mumkin. Nozik xislat egasi bo'lishiga qaramay, u sizni qanday qilib laqillatishni ham yaxshi biladi.

Категория: Burjlar haqida to'liq ma'lumot | Жойлашган бўлим: ADMIN | Жойлашган бўлим: Burjlar haqida
| Комментарии: 14 | Рейтинг: 4.1/8
Mavzuga Oid KINOLAR:
Реклама

Всего комментариев: 14
Ramziddin пишет: | 10.12.2017 | 21:39 ( E-mail ) #14 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Sobirov
Like | 0
otabek9797 классссссс хаммаси тугри
Like | 0
Ohun5955 <_<
Like | 0
rafiqa1995 Zo'r! Qoyil qolish kerak.
Like | 0
Moychechak Ту'г'ри
Like | 0
Anjilena Men fevral oyida ( 02-fevralda ) tug'ilganman lekn bu oyning burji yoq. Men o'zimni qaysi burch vakili deb bilishm kerak. Iltimos Admin shu savolimni etiborsiz qoldirmasdan javob qoldiring.
Like | 0
Gulnozaxon Man shu burjida tug'ilganman bolajak turmush ortogim chayon burjisida tugilgan ikkalamizniki mos keladimi
Like | 0
Rikojonbek Kopisi togr chiqdi)))
Like | 0
6256373 admin silardan iltimos fevral oyida tug'ulganlarning burjlari haqida ham ma'lumot kiritinglar nega bu haqda a'lumot yo'q. Oldindan raxmat
Like | 0
vaqt23 Tog' echkisi bilan tovuq qanday chiqishadi shunga xam birorta korsatma jinatung
Like | 0
vaqt23 Qoyil kim topgan bu ijodni deyarli xamasi oxshash
Like | 0
Nodira621 Qoyil qoldim Tõĝri chiqganiga Qaysarligimi endi chundm Boshqala qaysarsan disa ishonmasakanman
Like | 0
DIN-BONU Xammasi tugri yozilgan turmush urtogim sh burj vakili xozirda turmushimiz yaxshimas boshqa bir ayolda kungli bor uni qanday qaytara olman iltimos yordam berila
Like | 0
podsnejnik Eyy xudoo hamasi tori, mazza qildim óqib góyo íchimdegilani yozib qoygande
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новости сайта



Дополнителное меню
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное