Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

15 yoshli o‘smir AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi

AQShning Ayova shtatida yashovchi 15 yoshli Bredi Olson Federal saylov komissiyasi saytida Diz Nats (Deez Nuts) nomi bilan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi, deb xabar bermoqda New York Post.
Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi qadam — partiya topish bo‘ladi, masalan, Minnesota mustaqillik partiyasi yoki “Zamonaviy viglar”. Shuningdek, vitse-prezidentni tanlash muhimligini, masalan, MakKabbins tanlansa, byulletenda “Nats/MakKabbins” yozuvi yaxshi ko‘rinishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Federal saylov komissiyasi saytida Prezident Imperator Sezar, Jek Chittak kabi nomlar bilan nomzodlar ro‘yxatdan o‘tgan. Limberbat MakKabbins esa 18 yoshli qizning mushugi bo‘lib, uning do‘sti tomonidan nomzodi taklif etilgan.
Komissiya saytidagi zarur hujjatni istalgan kishi to‘ldirishi mumkin. Hazilomuz arizalar ularga 5000 dollardan ortiq xayriya qilingach muammoga duch keladi — shunda qo‘shimcha tekshiruv o‘tkaziladi va bunday nomzodlar tekshiruvdan o‘tolmaydi. AQSh qonunchiligiga binoan, faqatgina 35 yoshdan oshgan fuqarogina prezident bo‘lishi mumkin.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 9173 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг: AQSh prezidentligiga nomzod, 15 yoshli o‘smir, AQSH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
BaBy_DiNoOo 15 yow ??
Like | 0
NaTaLi 35 yoshdan o'tsagina prezident bo'laladi. Bu bolaga ancha bor ekan
Like | 0
Guli пишет: | 21.08.2015 | 15:26 #3 Страница с комментарием
guli101192 Zorgo
Like | 0
Nadiwka996 Prezidentliga yow bolani qopqoywmydikuu
Like | 0
begim4155 Qoyil malades
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное