Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

2018 yilgacha 500 yevrolik qog‘oz pullar chiqarilishi to‘xtatiladi

500 yevrolik qog‘oz pul muomaladan chiqariladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bu haqdagi qaror 4 may kuni Yevropa markaziy banki yig‘ilishida qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, ushbu qog‘oz puli 2018 yilgacha muomaladan chiqariladi.    
Bu chora markaziy bankning bu qog‘oz puli yordamida amalga oshirish mumkin bo‘lgan firibgarlik harakatlari borasidagi xavotirlanishlari bilan bog‘langan. Biroq bank bu qog‘oz pulni chiqarishni to‘xtatgani bilan, uni rasmiy to‘lov vositasi sifatida qoldiradi.
"500 yevrolik qog‘oz pullar qolgan qiymatdagi qog‘oz pullar kabi o‘zining qiymatini saqlab qoladi va milliy banklarda cheklanmagan muddat davomida almashtirilishi mumkin bo‘ladi", deb aytdilar bank vakillari.
Yevropa markaziy banki Germaniya markaziy banki tomonidan e’tirozlarga qaramasdan, qog‘oz pul jinoyatchilar va terrorchilar tomonidan o‘z faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda foydalanishidan xavotirlanib, 500 yevrolik qog‘oz pulni chiqarishni to‘xtatish imkoniyatini izladi.
Avvalroq YeMB 500 yevrolik qog‘oz pullarni tegishli qonun qabul qilingunga qadar muomaladan chiqarishni boshlagani ma’lum qilingandi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2882 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Pul, yevrolik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное