Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

50 Yosh muborak, XON!

ShOHRUH XON HAQIDA ShOV-ShUVLI FAKTLAR:
1. Bir kunda u javob berolmaydigan qo‘ng‘iroqlar soni 100 tadan oshadi.
2. Uning eng uzun suratga olish jarayoni 72 soat davom etgan! Tanaffussiz!
3. Uning ta’kidlashicha, “Olovga o‘zini tashlagan va 12-qavatdan sakragan” dunyodagi yagona aktyor!
4. Bo‘sh vaqtida kino ko‘rishdan ko‘ra kriket o‘ynashni afzal biladi.
5. U Mumbay shahrida birinchi bo‘lib internetga ulangan fuqarodir.
6. Xonning farzandlari: to‘ng‘ich o‘g‘li Aryan (13.11.1997), qizi Suhanna (22.05.2000) va kenja o‘g‘li Abram (“surrogat” onadan, 27.05.2013).
7.Otasi Tay Muhammad Xon, huquqshunos, Hindistonda ozodlik kurashchisi sifatida tanilgan. 1981-yil, 19-sentyabrda o‘sma kasalligi tufayli vafot etgan. Onasi Fotima Xon sudya bo‘lgan. 1991-yil, 15-aprelda qon zaharlanishidan (sepsis) vafot etgan. 8.Shohruh – forscha ism bo‘lib, “shoh” – shoh ma’nosini anglatib, “ruh” – ruhsor, chehra va yana yo‘l, yo‘nalish ma’nolarini anglatadi. Uning ismi alohida yoziladi.
9. Xon 1965-yil, 2-noyabrda Dehlida tug‘ilgan. Kindigi bo‘yniga o‘ralib tug‘ilgan bu chaqaloqni ko‘rgan hamshiralar uning yorqin kelajagidan bir nishona borligini taxmin qilishgan.
10. Burji – chayon.    
11. Bo‘yi – 175 sm, vazni – 75 kg.
12. Ma’lumoti: Nyu-Dehlidagi o‘rta maktab, Hansraj kolleji va universitet.
13. Uning ilk filmi – “Azob” (1992 yil).
14.1991-yil, 25-oktyabrda Gauri Chibberga uylangan. Gauri 1970 yil, 8 oktyabrda tug‘ilgan.
15. U tez-tez ishlatadigan 6 ibora: “Inshalloh”, “Ishlar qaley?”, “Zo‘r!”, “Quchoq ochamiz!”, “Hayratlanarli”, “Xudo yor bo‘lsin!”
XONNING FALSAFASI YoHUD U AYTGAN MAShHUR SITATALAR:
"Yurakdagi umid ila yashang, hech kachon yolg‘iz bo‘lmaysiz"
"Ajralib turish – muhim emas, muhimi – odatdagidek bo‘lish"
"Uy - bu yurak"
"Men qo‘lga kiritmagan mukofotlar – yutqazganlar uchun beriladigan mukofotlar"
"Men – sog‘inchman, ayollar qalbida yashovchi sog‘inch! Mana, men kimman!"
"Nimani his qilishingizdan qat’iy nazar... shunchaki raqsga tushing”
"Gumanizm – mana eng buyuk din"
"Bir marta yashaymiz, bir marta o‘lamiz va sevgi ham bir marta bo‘ladi"
"Meni insonlar tanimay qolsa, o‘laman. Men boradigan yo‘lda omma meni kutib turmasa, u yo‘ldan o‘tolmayman. Men aynan shuning uchun ishlayapman"
"Agar, men Gaurini uchratmaganimda, Kajol esa Ajayni... kim biladi, nima bo‘lardi o‘shanda?!"
"Rafiqam yonimda bo‘lmasa, men stol yoniga borolmayman va idishga taom sololmayman, men bu ishni qilishga uyalaman"
"Xudodan u beradigan shodlik va g‘am uchun mamnunman. Hech qachon dard ko‘rmagan odam, hech qachon haqiqiy baxtni anglamaydi"
Jasur HAMROYEV 


Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 13259 | Комментарии: 11 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Muborak, Tug'ilgan Kun, Shahrukh Khan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 11
MILLIONER 50liga kiribdila tabrikliman. Eshitmasalarda :p :p
Like | 0
Ishaani Gumanizm nima
Like | +1
2536789 Rostanam biruu manni adam bn tengla umriz uzoo bo`sin
Like | 0
bonu95 Shohrux Xon eng sevimli aktyorim! Tabrikliman! Umriz uzoq bo'sin, bundanda ajoyib filmlar kutib qolamiz!
Like | 0
4268425 Shoxruxxon Bollywood qiroli
Like | 0
4268425 Xon bu shoxrux xon
Like | 0
Milana Uzoq umr tiliman
Like | 0
redbul 50 yosh muborok
Like | 0
arjey10 Shohruhxon yanagi 50yoshlik kunlaring ham nasib etsin sen eng zo'rsan best of shahrukhan
Like | 0
abbos996 Muborak muborak!
Like | 0
Dilso'z пишет: | 02.11.2015 | 22:26 #1 Страница с комментарием
omina1710 Bundanda ko'p yoshlarni ko'rsin farzandlarini baxtiga
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное