Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Merlin-Soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Qorli g‘alaba muborak! O‘zbekiston - Osiyo chempioni


Bugun, 27 yanvar kuni Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining hal qiluvchi final bahsi yakuniga yetdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi qorli maydonda Vetnam terma jamoasi bilan bahs olib bordi.

O‘yinning 8-daqiqasida burchakdan oshirib berilgan uzatmani Rustam Ashurmatov bosh bilan darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi.

10-daqiqada Jasur Yaxshiboyev asabiylashgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Shundan so‘ng yana O‘zbekiston terma jamoasi vakili Odiljon Xamrobekovga 35-daqiqada sariq kartochka ko‘rsatildi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, 41-daqiqada Nguen Xay yaqin masofadan belgilangan jarima zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘lim shu hisobda yakuniga yetdi va jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi. Tanaffus vaqtida maydonda yog‘gan qorni tozalash ishlari amalga oshirildi. Orada kichik tanaffus yuzaga keldi.

Ikkinchi bo‘limni O‘zbekiston futbolchilari liboslari maydon rangi bilan bir xil bo‘lib qolmasligi uchun ko‘k rangli libosda o‘tkazishdi.

O‘yinning ikkinchi 45 daqiqaligi O‘zbekiston terma jamoasining to‘liq ustunligida o‘tdi.

Vetnamliklar ham o‘ziga yarasha yetarli hujumlar uyushtirishdi. Himoyachilarimiz bu vaziyatlarda hujumlarni bartaraf etishdi. Zabixillo O‘rinboyev va Javohir Sidiqovda gol urish uchun qulay vaziyatlar bo‘lgandi.

O‘yinning asosiy daqiqalari durang natija bilan yakunlandi. Ekstra taymlar boshlanishi bilan har ikki jamoa ham hujumlar uyushtirishda davom etishdi.

Birinchi ekstra taymda gol urilmadi, lekin Ravshan Haydarov ikkinchi ekstra taymning 115-daqiqasida Javohir Sidiqovning o‘rniga Aleksandr Sidorovni maydonga tushirdi.

Aynan, so‘nggi daqiqalarda maydonga tushgan Sidorov burchakdan oshirilgan uzatmani darvozaga yo‘lladi va O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini Osiyo chempionati musobaqasi g‘olibiga aylantirdi.


 

U-23. Osiyo chempionati. Final.
Vetnam - O‘zbekiston 1:2
Gollar: R.Ashurmatov, 8, A.Sidorov, 119 - Nguen Xay, 41

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3681 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qorli g‘alaba, Osiyo chempioni, O‘zbekiston, Muborak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Galaba muborak!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное