Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Anorbank” xodimi mijozning bank kartasidan pul o‘g‘irladi

“Anorbank” ishchisi mansabini suiiste’mol qilib, mijozning 10 mln so‘mga yaqin pulini talon-toroj qildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 avgust kuni ichki ishlar organlariga 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro J.M. murojaat qilib, 15 avgust kuni noma’lum sabablarga ko‘ra, “Anorbank” AJ tijorat-raqamli banki tomonidan berilgan bank kartasidan 8 080 000 so‘m pullari yashirincha o‘g‘irlanganligini ma’lum qilgan.

Noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni “Anorbank” aloqa markazi operatori 2001 yilda tug‘ilgan K.D. sodir etgani aniqlanib, ushlangan.

Operator K.D. qo‘ng‘iroq qilgan mijozlarning murojaatini tahlil qilib borgani, so‘ngra Telegram messenjerida go‘yoki texnik yordam ko‘rsatuvchi shaxs sifatida profil ochib, bankda muammo kelib chiqqanligini vaj qilib, mijozning shaxsiga doir ma’lumotlaridan foydalanib, bank kartasi maxfiy kodini olib, mablag‘larni talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 800 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Pul, kartasidan, o‘g‘irladi, Anorbank, Bank, xodimi, mijozning
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
аватар отсутствует Bularni xoromxurlarni basharasini bekitmanglar xalq kursin bularni asl basharasini
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное