Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. TisMarHan-soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Tanho malagim - Soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

AQSh Gulnora Karimovaga nisbatan sanksiya e’lon qildi

21 dekabr kuni, AQSh butun dunyo bo‘ylab korrupsiya, inson huquqlarini poymol qilganlikda gumon qilingan bir qator kishilarga nisbatan sanksiya e’lon qildi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi xabar bermoqda.
 
Bunday sanksiya turli mamlakatlarning 13 fuqarosiga nisbatan e’lon qilindi. Shuningdek, mazkur ro‘yxatdagi shaxslarga aloqador 39 ta tashkilot ham sanksiya ostida qoldi.
 
Muhim jihati shundaki, sanksiya qo‘llaniladigan kishilar orasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi – Gulnora Karimova ham bor.
 
Gulnora Karimova O‘zbekistonda bozorni monopoliyalashtirish va davlat mulkini o‘zlashtirish hamda tadbirkorlarning biznesini tortib olishda ayblangan.
 
Xabarda aytilishicha, Gulnora Karimova korrupsiya orqali orttirgan daromadini boshqalar nomiga ochilgan firmalarning turli filiallari va jamg‘armalar ishtiroki orqali yuvgan, shuningdek, o‘zining yanada boyishi uchun, katta daromadli korxonalarga ko‘z tikishi natijasida ayrim, o‘zbekistonlik raqobatchilar barbod qilingan.  
 
Hujjatga ko‘ra, sanksiya e’lon qilingan kishilarning Amerikadagi barcha yurisdiksiya aktivlari muzlatiladi, mamlakatning jismoniy hamda yuridik shaxslari ular bilan istalgan yo‘nalishda turlicha kelishuvlar amalga oshirishi taqiqlanadi.
 
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumotni e’lon qilgan edi. Unda qayd etilishicha, hozirda 12 ta xorijiy davlat hududida 1 mlrd 394,1 mln AQSh dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi mablag‘ legallashtirilgan.
 
Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Durdona Rasulova 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5571 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Gulnora Karimova, AQSH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное