Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Merlin-Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Qaqnus - Mal De music
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSH va Janubiy Koreya KXDRning ehtimoliy yadro zarbasiga qarshi javob choralarini tayyorlamoqda
AQSH va Janubiy Koreya KXDR yadro qurolidan foydalanishga qaror qilgan taqdirda, unga nisbatan qo‘llaniladigan javob choralarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer jurnalistlar uchun kundalik brifingda ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, tomonlar qo‘shma yadroviy mashg‘ulotlarni muhokama qilgani yo‘q, chunki Koreya Respublikasi yadro quroliga ega bo‘lmagan mamlakat hisoblanadi.

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, 2022-yil noyabrida Kambodjadagi uchrashuvdan keyin AQSH prezidenti Jo Bayden va Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol o‘z jamoalariga bir qator ssenariylarga, shu jumladan, Pxenyan tomonidan yadro quroli qo‘llanilishiga qarshi samarali, muvofiqlashtirilgan javob harakatini rejalashtirishni topshirgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat jamoalari aynan shu masala ustida ish olib bormoqda. AQSH Janubiy Koreya bilan alyansga to‘liq sodiq, unga o‘z kuch va vositalarining butun spektrini taqdim etib, unga tiyib turishda ko‘mak berishga tayyor, deya qo‘shib qo‘ydi u.

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Chosun Ilbo gazetasiga bergan intervyusida Seul va Vashington Amerika yadroviy qurollari ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilayotganini aytgandi.

Biroq AQSH prezidenti Jo Bayden Janubiy Koreya hukumati bilan qo‘shma yadroviy mashg‘ulotlarni muhokama qilmayotganini aytdi. Janubiy Koreya hukumati bilan qo‘shma mashg‘ulotlar masalasini muhokama qilgan-qilmagani haqidagi savolga javob berayotib, u: “Yo‘q”, — dedi.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 636 | Рейтинг: 0| Рейтинг: zarbasiga, KXDR, Janubiy Koreya, choralarini, qarshi, tayyorlamoqda, javob, AQSH, yadro, ehtimoliy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное