Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQShdagi supermarketda 13 kishi is gazidan zaharlandi

AQShning Florida shtati Evalon-park shahridagi Walmart supermarketida 13 xaridor is gazidan zaharlandi, deb xabar bermoqda Orlando Sentinel nashri.
Xaridorlar do‘kondagi datchiklar is gazi konsentratsiya me’yordagidan ancha oshib ketganini ko‘rsatganidan keyin darhol evakuatsiya qilindi. 7 nafar kishi shifoxonaga yuborildi, qolganlar esa shifoxonaga borishni istamaganlari sababli ularga shu yerning o‘zida yordam ko‘rsatildi. 
O‘t o‘chirish-qutqaruv xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar bino ichidagi is gazi darajasi me’yordagidan bir necha barobar oshib ketgani tufayli uning ichiga bir necha soat davomida kira olmaganlar.
Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat supermarketda bir kun avval olib borilgan gaz bilan payvandlash ishlarida xavfsizlik texnikasiga rioya qilinmagani oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2273 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: AQSH, supermarket, is gazi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
oxun1992vrn barbir ehtiyot bo'lish kerakda
Like | 0
★Dorishunos092★ Extiyot bo'lish kereda....
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное