Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Klon-soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Ayol Qalbi - True Love
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Badiiy saviyaning o‘zi yo‘q”. Saida Mirziyoyeva “Sevimli” telekanalida namoyish etilayotgan serialni tanqid qildi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva “Sevimli” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Sabriya” serialini tanqid qilib, badiiy kengashlar va mutasaddi tashkilotlarni bu kabi kontentga qonun va etika nuqtayi nazaridan xulosa berishga chaqirdi.

Mamlakatimizda, shubhasiz, so‘z va ijod erkinligi mavjud.

Lekin bir tomoshabin sifatida “Sevimli” kanalida praym-taym vaqti namoyish etilayotgan, millionlab teletomoshabinlarning diqqatini tortgan “Sabriya” milliy serialiga nisbatan shaxsiy munosabatimni bildirishga haqliman, deb o‘ylayman.

Badiiy saviya haqida gapirib ham o‘tirmayman, unaqa narsaning o‘zi yo‘q. Serial mualliflari orasida birorta ayol yo‘qligiga ham ishonchim komil. Chunki hech qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafrat ko‘rmaganman.

Sujetda giyohvand moddalarni iste’mol qilish bo‘yicha aniq va batafsil yo‘riqnoma ko‘rsatishdan maqsad nimaligi ham tushunarsiz. Bu holatdan hech qanday xulosa chiqarilmagan. Hamkasb ayollar o‘rtasidagi zahar-zaqqumga to‘la raqobat g‘oyasi-ku, umuman, ayollarni odam o‘rnida ko‘rmaydigan latifabozlardan ilhomlanib yozilgandek. Va nihoyat, eng yoqimsiz va jirkanch epizodlar — ayollarga nisbatan zo‘ravonlik sahnalari hamda isnoddan qutulishning yagona “to‘g‘ri” yo‘li — o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq. Naqadar “dono” maslahat!

Ushbu serialda ayollar fikri tor, makkora, zaifa, hayotdagi hamma balolarga sababchi qilib ko‘rsatilgan.

Badiiy kino jamiyatdagi qarashlarni shakllantiradigan vositalardan biridir. Umuman, kimki ommaga ta’sir o‘tkaza olsa, og‘zidan chiqqan har bir so‘z uchun mas’uldir.

Biz gender tengligi va ayollarga ehtirom masalasini aholi ongiga singdirish uchun zo‘r berib harakat qilayotgan bir paytda bunday seriallar gender tengligi rivojlanishiga shaksiz to‘sqinlik qiladi. Ularda hech qanday sog‘lom fikr yo‘q. Bu — O‘zbekistondagi turmush tarzi borasida ijodkorlarning buzuq fantaziyasi, xolos.

Nima deb o‘ylaysiz, o‘zbekistonlik ayollarning obro‘yiga jiddiy putur yetkazayotgan bunday sayoz “ijod namunalari” yaratishni bas qilishni talab etishga haqlimizmi? Qanday qilib o‘z joniga qasd qilishni ekranda ko‘rsatish mumkin axir?

Men badiiy kengashlar va mutasaddi tashkilotlarni bu kabi kontentga qonun va etika nuqtayi nazaridan xulosa berishga chaqiraman. Ayollarimiz bunday munosabatga loyiq emas! Bu ham xususiy, ham davlat kinematografiga birdek taalluqli!

Saida Mirziyoyeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari

Avvalroq “Sevimli” telekanali orqali milliy serial namoyish etish chog‘ida axloqsizlik sahnalari mavjudligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ta’kidlash kerakki, bir necha yil avval “Sevimli” telekanali film namoyishi vaqtida ko‘rsatilgan ochiq yotoq sahnasi uchun barcha teletomoshabinlardan uzr so‘ragandi.

 

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1518 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Saida Mirziyoyeva, namoyish, qildi, serialni, tanqid, “Sevimli” telekanalida, etilayotgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное