Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Barun Sobti (Arnav)ni Toshkentga olib kelgan Qiz uni sevib qoldi(mi)?!

Yurtdoshlarimizga “Muhabbat tafti” seriali orqali tanilgan Barun Sobti Toshkentda mehmon bo‘lganidan xabaringiz bor. Bu haqda shunchaki og‘izda aytish oson. Biroq, bu mashhurning tashrifini ko‘ngildagidek ta’minlashning ancha tashvishlari, yugur-yugurlarini  tashkilotchilardan so‘rang! Chetdan turib, kamchilik topish yo shunchaki u bilan suratga tushib, zavqlanish oson. Yaxshiyam, OAVlarida Barun Sobti tashrifi keng reklama qilinmagan ekan, bilmadim, unda Sobti ishtirok etgan tadbirlarda odam sig‘masdi. Shundoq ham, ashaddiy muxlislar qurshovida qolgan aktyorni ularning orasidan olib chiqib ketish tansoqchilarga oson kechmadi! Ochig‘i, bu aktyor ishtirokidagi teleserialning biror qismini to‘liq ko‘rmaganman. O‘zbek teletomoshabinlarining yuragidan Arnav obrazi orqali chuqur joy olganini u kelganida ko‘rib, amin bo‘ldim. To‘g‘ri, bizning yurtda hind kinosiga qiziqish o‘zgacha. Shu boisdan Hindistondan biron mashghur inson tashrif buyursa, unga alohida ehtirom ko‘rsatiladi. Barun Sobtining tashrifiga sababchi bo‘lgan qiz – prodyuser, “To‘ylar muborak” loyihasi muallifi Dildora Zaynutdinova bilan ochiq-oydin suhbatlashish ayni muddao. Axir, hind teleseriallari orqali shuhrat qozongan “Arnav”ning yurtimizga safari bilan bog‘liq faktlarni undan bo‘lak kim ham yaxshiroq bilardi?!
-“To‘ylar muborak” festivalida Barun Sobti bilan hamohang liboslarda ko‘rinish berganingizdan keyin ko‘pchilikda bir fikr uyg‘ondi. Go‘yoki, uni sevib qolgansiz?
-(Kuladi). Maylimi, bu savolingizga keyinroq javob beraman! Tadbirni ko‘ngildagidek o‘tishi uchun maksimal darajada harakat qildik. Dizaynerlar G‘ayratxon va Nodiraxon mehmon uchun bir necha kostyumlar tikib berishdi. Nodiraxon men va unga moslab, hind milliy liboslarini yaratdi. Tadbirga birga kirib kelganimizda, tomoshabinlarning “Arnav xotini bilan kelibdi” degan gap-so‘zlar mening ham qulog‘imga chalindi. Barunga to‘n kiydirdik. Odatdagidek zarchapon kiydirishni lozim topmadik. Shuning uchun mehmon uchun maxsus tarzda beqasamning yashil rangini tanlab, chopon tiktirdik! Unga juda yarashdi.
-Shuncha liboslar tiktiribsiz. Bu aktyorning shartlaridan biri  edimi?
-Bu bizdan tuhfa edi. U kelishidan oldin  tana o‘lchamlarini so‘radik. Barunni boshqa mamlakatlarda qay tarzda kutib olishganlarini o‘rgandik. Uni ommaga Sobti sifatida emas, Arnav qiyofasida ko‘rsatgimiz keldi.
-Uning xarakteridagi qaysi jihatlar sizda yoqimli taassurot qoldirdi?  
-Judayam kamtar. Oddiy oiladan chiqqan. Barcha shartlarimizga ko‘ndi. Nolimadi. Shu bois, onaxonlar rosa duo qildi. Uning xarakteri o‘zbek erkaklarnikiga o‘xshab ketadi!
-Raqifasi sizdan rashk qilmadimi? Nima deb o‘ylaysiz?
-Rashk qildi. Oooo, rashk qilganda ham qandoq?! Nazarimda, moda namoyishida Sobti bilan birga tushgan suratlarimiz ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketganidan oz fursat o‘tmay, rafiqasi har soatda telefon qila boshladi.  U ancha vaqt nimalarnidir tushuntirdi.
-Festivaldan bir kun oldin u to‘yda ham mehmon bo‘ldi. Ayrimlar bu aktyorning to‘yga kelganidan foydalanib, tadbirlarga ham taklif etishga ulgurishgan degan fikrga ham keldi. Bunga nima deysiz?  
- Yaqin insonim to‘yga taklif qilgan edi. Ushbu to‘y tashkiliy ishlariga o‘zim ham bosh-qosh bo‘lganman.  Bormasam bo‘lmasdi! Mehmon bilan kechki ovqatga borishdan oldin chamasi soat  9 larda birrov to‘yda ko‘rindik. Mehmon bo‘ldik. Sobtiga o‘zbek to‘yi juda yoqdi. Gullar va zamonaviylikni alohida urg‘uladi.
-Ma’lumotlarga qaraganda,  u ketishidan oldin bir o‘zbek filmida epizod rol ham o‘ynabdi. Filmni qachon ko‘ramiz?
-Avgust oyida deyishdi. Rejissyor Ozod Shamsning “Sevadi yo sevmaydi” filmida Barun Sobti va meni bir ajoyib lavhada ko‘rishadi.
-Bu rol oldindan rejalashtirilganmidi?
-Yo‘q, tasodif bo‘ldi. Aeroportga ketishidan oldin 30 daqiqa ichida suratga olindi.
-Sir bo‘lmasa, epizod uchun qancha gonorar oldi?
-Bu haqda ma’lumot bera olmayman.
-Toshkent haqida taassurotlari qanday?
-Ob-havo juda yoqdi. Ko‘rkam tabiatimiz, odamlarimizdagi iliqlik va mehmondo‘stlikdan boshi ko‘kka yetganini bir necha bor ta’kidladi.
-Muxlislik ishtiyoqi o‘z yo‘liga. Biroq, tartibsizlik ham kuzatildi...
-10 ta tansoqchi ham  qiynalib qoldi. Bunaqa darajada shov-shuv hali bo‘lmagan.  Aeroportga ham bir necha muxlislar chiqishdi. Uning ishtirokidagi 3 ta tadbirda ham muxlislarni uddalash oson kechmadi. Ta’bir joiz bo‘lsa,  odamlar bir-birining ustiga chiqib ketishdi.  Mehmon bechora liboslar namoyishini ham emin-erkin ko‘ra olmadi. Faqat dastxat qo‘yish bilan band bo‘ldi. Omma hali bunday katta tadbirlarga tayyor emas ekanligiga amin bo‘ldim. Suratga tushish mahalidagi muxlislarning tartibsizligiga chidab tura olmadim. Ularga  baqirishga majbur bo‘ldim. Ochig‘i, mehmon yuzlab muxlislar bilan suratga tushaverib terga botdi. Biroq, sabr qildi. Hammasini ichiga yutdi.  
-Xalq orasida “Ishani” nomi bilan shuhrat qozongan teleserial  qahramonlarini ham taklif etarsiz balki?
-Bu serialni ekrandan olib qo‘yishdi. To‘g‘ri, juda ommaviylashgan serial. Uni ta’qiqlashgan. Demak, serial qahramonlari kelishiga ham ta’qiq bo‘lishi tabiiy. Biroq, boshidanoq menda “Ishani”chilarni emas, “Muhabbat tafti” qahramonlarini taklif etish maqsadi bor edi. Va bu maqsadimga yetdim ham.
-Sobtini taklif etishingizga asosiy sabab nima bo‘ldi?
-Festivalga xorijdan taniqli mehmon chaqirish istagi tug‘ildi. Bu borada omma istagini ham inobatga olish lozim edi. Bozorda aylanib yursam, “Muhabbat tafti” serialining diski talash. Men ham qiziqib, sotib oldim. Tomosha qildim. Shunday qilib, men izlagan va istagan mehmon topildi! Keyingi yil festivalga “Xushi”ni chaqirmoqchiman!
-Katta loyihalarda yordam beradiganlar qatorila to‘sqinlik qiladigan ham topiladi. Sobti bilan matbuot anjumani “Kinochilar uyi”da o‘tkazilishi kerak edi. Afsuski...
-Qanaqadir sabablar bo‘ldi. “O‘zbekinno” rahbari matbuot anjumani “Kinochilar uyi”da juda istadi. Biroq, festivalga yaqin qolganda bekor qilishdi. Aniq sabablarini aytishmadi. Buni esa hanuz tushunmayman. Biroq, matbuot anjumanini “Redisson” mehmonxonasida o‘tkazdik! Yordam berganlar ko‘p bo‘ldi. Juda xusandman. Shu o‘rinda, suratga tusholmagan, savoliga javob ololmaganlardan uzr so‘rayman.  
-Suratlardan ma’lumki, mehmonga talay sovg‘alar ulashildi. Aktyor ularni nima qildi?
-2 ta katta “qop”ga solib, o‘zi bilan olib ketdi. Uyida muxlislarining sovg‘alari uchun muzey ochishi taklifini berdim. Xilma-xil sovg‘alar. Tilla soat ham bor! Sobti surati chizilgan laganlar, paxta gulli choynak-piyolalar... Hammasi qadrli. Barini olib ketdi!
-Nazdimda, birinchi savolimga javob berish mavridi keldi...
-Sevishga arzigulik inson!
Jasur HAMROYEV


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 13678 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Barun Sobti, Muhabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное