Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Muhabbat tafti" tanitgan hind yulduzi toshkentga tashrif buyurmoqda!

Toshkentga Barun Sobti keladi” degan ma’lumot tarqaldi-yu, hind seriallari muxlislari xursandchiligi ich-ichlariga sig‘may qoldi. Kim ishonyapti, kim esa yo‘q. Biroq, aniq xabarlarga ko‘ra, u 21-may kuni Toshkentga albatta tashrif buyuradi. Bu aktyor o‘zbek teletomoshabinlariga bir necha oylar oldin tanila boshladi. Yurtdoshlarimiz Barunni “Muhabbat tafti” seriali orqali yoqtirib qoldi. Shu o‘rinda ushbu serialni namoyish qilgan “MY5” telekanalining o‘rni ham alohida ekanligini unutmasligimiz lozim. “To‘ylar muborak” loyihasi muallifi va prodyuseri Dildora Zaynutdinova serialni tomosha qilar ekan, bosh rol ijrochisi bilan qiziqib qoldi. Internet kovladi, u haqda ma’lumot izladi. Nihoyat, Barun Sobtini Toshkentga taklif etishga qaror qildi. Xo‘sh, bu jarayon qanday kechdi? Zaynutdinovaga quloq tutamiz:
-Barun Sobti Hindistonda va undan tashqarida ham juda mashhur ekanligiga amin bo‘ldim. Turli so‘rovnomalar o‘tkazdim. Ko‘pchilik uning tashrifi shov-shuvga aylanishi haqida fikrlar bildirdi. Tashqi Ishlar Vazirligi bilan bog‘landim. Mutasaddilar Barun Sobti bilan rasmiy bog‘lanishda ko‘mak berishdi. 3 oy davomida muloqot olib bordik. Urinishlarimiz besamar ketmadi. U Turkiyaga rasmiy safar qilganda, rejamiz yanada osonlashdi. Aktyorning prodyuseri uning Toshkentga tashrifini martga belgiladi. Biz esa mayni taklif etdik. Chunki, Barun “To‘ylar muborak” shousida mehmon bo‘lishini istadik! Shunday qilib, loyihamiz doirasida 3 ta yirik tadbir o‘tkaziladi. Birinchisi, Barun Sobti bilan ijodiy uchrashuv. Unda OAV xodimlari va aktyorning muxlislari, o‘zbek kinosi vakillari, ijodkorlar ishtirok etadi. Ikkinchisi, “To‘ylar muborak” shousi. Uchinchisi, aktyor ishtirokida gala-shou.
-Sir bo‘lmasa, Sobtining Toshkentga tashrifi qanchaga tushmoqda?
-Gonorar haqida aytolmayman! Bu sir!
-Hindistonlik yulduz rafiqasi bilan tashrif buyuradimi?
-Loyihamizda uning shaxsan ishtirok etishi ayni muddao. Sobtining rafiqasi mehmonlar uchun u qadar qiziqarli emas deb o‘ylayman.
-Barun Sobti tashrifi siz kutganingizdek ishonchni oqlashiga qanchalar ishonasiz?
-Uning muxlislar qanchalar ko‘p ekanligini tasavvur qilolmaysiz? Taklifnomalarni qo‘lga kiritish istagidagilar ne qadar ko‘pligini bilsangiz edi!? Ishonsangiz, ijtimoiy tarmoqlar orqali uning Toshkentga kelishidan xabar topgan muxlislari hatto xorijiy mamlakatlardan Toshkentga uchib kelishmoqda! Ko‘rasiz, bu haqiqiy shov-shuv bo‘ladi.
-Omad sizga, Dildora. Barun Sobti sizdek ashaddiy muxlisasi borligidan boshi ko‘kka yetishiga umid qilamiz!
-Rahmat!
Barun Sobti haqida
U 1984-yil, 21-avgustda Dehli shahrida tug‘ilgan. Uning 2 ta kasbi bor: aktyor va model. (Darvoqe, u “Jindal Telecom” kompaniyasida 7 yil menejer bo‘lib, faoliyat yuritgan.) 3 ta tilni biladi: ingliz, hind, panjob. Bo‘sh vaqtlarida futbol va kriket bilan shug‘ullanadi. Planetamizdagi sevimli joylari: Melburn va Maldiviya orollari. Sevimli Hollivud aktyori – Denzel Vashington. Uni mashhur qilgan serial – “Muhabbat tafti”.  Shu serial ortidan u “Star Parivaar Awards”ning 4 ta mukofotini qo‘lga kiritgan. Hindistonda bu ulkan muvaffaqiyatning yagona sohibi esa hozircha faqat Sobtiga dohil bo‘lib qolayotir!
Oilali. 2010-yil, 12-dekabrda Pashmin Manchandaga uylangan.   
Jasur HAMROYEV 


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6766 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Barun Sobti, Muhabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное