Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Beeline Mega Aksiyasining sovrindorlariga avtomobillar topshirildi
17-yanvar kuni "City Palace” mehmonxonasining konferens-zalida Mega Aksiyaning g‘oliblarini mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi. OAV vakillari ishtirokida "Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev ularni yutuq bilan tabrikladi va sovg‘a sertifikatlarini topshirdi.

Navoiy viloyatidan Hakim Nazarov, Sirdaryodan Abduaziz Karimov, Jizzaxdan Sabirdin Normatov, Xorazmdan Azat Sapayev, Namangandan Matluba Rahmatullayeva, Buxorodan Bahodir Abdullayev, Surxondaryodan Xo‘jamurod Haitov, Samarqanddan Zulayho Muxtorova, Andijondan Go‘zalxon Yaminjonova, Qashqadaryodan Dilobar Berdiyorova, Farg‘onadan Avazjon Xo‘jayev, Toshkentdan Ilyosjon Mirzaumarov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Janar Baltenova avtomobil sohiblariga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Beeline aloqa operatori 2013-yilda Mega Aksiya yutug‘i uchun 13 ta Chevrolet Spark avtomobilini qo‘ygan edi. 27-dekabr kuni "Yoshlar” telekanalining jonli efirida avtomashinalar o‘z egalarini topgan edi.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 2523 | Рейтинг: 0| Рейтинг: beeline
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное