Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Beeline Samarqandda iPad planshetlari sotuvini yo‘lga qo‘ydi

Beeline aloqa operatori Samarqanddagi ofislarida ham iPad planshetlarini sotishni boshladi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar berdi.

"Beeline savdo tarmog‘i bilan strategik hamkorlik O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olishni va mamlakatning eng asosiy shaharlarida iPad planshetlarining sotuvini yo‘lga qo‘yishni kafolatlaydi”, — deb ta’kidladi BMTdagi Apple distribyuterining Markaziy Osiyoda biznesni rivojlantirish menejeri Andrey Petrovskiy.

Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni Beeline’ning Toshkentda joylashgan markaziy ofisidagi taqdimotida iPad Air va Retina displeyli iPad Mini planshetlarining sotuviga start berilgan edi.

 

Beeline salonlarida Apple planshetlari quyidagi narxlarda sotilmoqda:

 

Retina displeyli iPad Mini 32 Gb — 2 299 000 so‘m;

Retina displeyli iPad Mini 64 Gb — 2 599 000 so‘m;

iPad Air 32 Gb — 2 599 000 so‘m;

iPad Air 64 Gb — 2 899 000 so‘m.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 2183 | Рейтинг: 0| Рейтинг: beeline
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное