Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning xorijdagi aktivlari yuzasidan izoh berdi


Avvalroq, saytimizda Gulnora Karimovaning Buyuk Britaniyadagi aktivlari va mulklarini musodara qilish harakati boshlangani haqida xabar bergan edik.

Mazkur xabarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi munosabat bildirdi.

Prokuratura Matbuot xizmati vakili xorijdagi hamkasblar bilan bu masalada hamkorlik olib borilayotganini, xususan, Shveysariya prokuraturasi bilan qalin aloqalar yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlagan.

“Britaniya tomoni bo‘yicha masalaga kelsak, ayni damda Britaniya huquqni muhofaza qilish tuzilmalari bilan Gulnora Karimova ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud qarori doirasida aktivlarni qaytarishga doir muzokaralar olib borilmoqda”, deydi Matbuot kotibi Surayyo Rahmonova.

Ma’lumot uchun, Imon Karimova Londonga akasi Islom Karimov oldiga borganiga ko‘p bo‘lmadi. Shundan so‘ng, Gulnora Karimova uyda ekani haqida xabarlar tarqaldi va 2 oktabr kuni U Dubaydagi eng qimmat mehmonxonalardan biriga joylashgani aytildi.

Ushbu xabarlarga Bosh prokuratura oydinlik kiritdi. Imon Karimova haqiqatdan ham Londonga ketgani tasdiqlandi. Ammo Gulnora Karimovaning uyda ekani va Dubayga borgani haqida xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning Shveysariya banklaridagi 800 million dollar pulini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ishlar anchayin joylanib qolgandi.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4838 | Рейтинг: 0| Рейтинг: DTM, Gulnora Karimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное