Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Botir Husanboyev - bilimli tadbirkorning hayot yo'li

BOTIR HUSАNBOEV  BILIMLI VА MUVАFFАQIYATLI TАDBIRKORNING HАYOT YOʼLI! 
Hozirgi kunda yurtimizda biznes yoʼnalishida oʼzining muvaffaqiyatli faoliyatini olib borayotgan tadbirkor Botir Husanboev 20 iyunь 1993 yil Toshkent shahrida tugʼilgan. U 2009 yil Аleksandr Sergeevich Pushkin nomidagi 10 maktabni bitirgach, Kompьyuter texnologiyalari Аkademik litseyiga oʼqishga kirgan. U yerda 3 yil tahsil olgach, 2012 yil Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Puna shahrida joylashgan “Pune University”ga oʼqishga kirgan. Bu oliygohning Hindistonda nufuzi baland boʼlib, u yerda toʼliq ingliz tilida oʼqitiladi. Botir Husanboev mazkur oliygohda 2 yil davomida biznes yoʼnalishi boʼyicha offlayn, yaʼni anʼanaviy, bir yil davomida esa onlayn tahsil olgan. 
Oʼzbekistonga qaytgach, Botir Husanboev 2015 yil Moliya institutining “Menejment” fakulьtetiga oʼqishga kirgan va bu institutni ham tugatgach, 2018-2020 yillarda Menejment yoʼnalishida Magistraturani ham muvaffaqiyatli tamomlagan. 
Botir Husanboev tadbirkorlikka yoshlikdan qiziqqan boʼlib, oʼzining biznesdagi ilk qadamlarini 2017 yil boshlab, “Kiborg Sportivnaya Аrena” deb nomlangan Kompьyuter klubiga asos solgan. Maʼlum bir vaqt mazkur kompьyuter klubini muvaffaqiyatli yurgazib, faoliyatini rivojlantirib olgach, oʼz eʼtiborini kafelar tizimiga qaratgan. U bu tizimni yaxshilab oʼrganib chiqib, Turkcha muzqaymoq tayyorlab sotiladigan Turk kafesi ham ochgan. Soʼng, Botir Husanboev 2018 yil “Catering” tizimiga qiziqib, shunga eʼtibor qaratgan. Bir necha yil “Catering” bilan shugʼullangach, 2021 yildan “Premier Hall” kinoteatrini “Yulduz Cinema” nomi bilan rebrending qilib, hozirda mazkur kinoteatrni muvaffaqiyatli ravishda yuritib kelmoqda. 
Botir Husanboev muvaffaqiyatli biznes, bu omad va mehnatdan tashkil topadi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham, biznes yoʼnalishida yangiliklar yaratish, hamda izlanishga koʼp vaqt sarflaydi. 
Botir Husanboev biznesdan tashqari, sportga ham juda qiziqadi. 8 yil davomida suzish bilan shugʼullangan va suv sporti boʼyicha sport masteri. Bundan tashqari, futbol bilan muntazam shugʼullanib, haftasiga 4 marta futbol oʼynaydi. U «Mediynыy liga»da ishtirok etadigan futbol komandasining nomi “IRUN”. Xorijiy futbol komandalaridan esa, eng sevimlisi “Chelsi” (Chelsea F.C.) Shuningdek, u katta tennisga ham juda qiziqadi va haftasiga 2 marta “iTec” tennis klubida tennis bilan shugʼullanadi. 
Eng katta orzusi, kelajakda biznes yoʼnalishida oʼziga xos yangiliklar, muvaffaqiyatli xalqaro loyihalarni amalga oshirish!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 618 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Botir Husanboyev, tadbirkorning, yo'li, HAYOT, bilimli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное