Nilufar Usmonova - Kel ... Nilufar Usmonova - Kel ...
Sardor Rahimxon - Madin... Sardor Rahimxon - Madin...
Sardor Mamadaliyev - Ar... Sardor Mamadaliyev - Ar...
Asilbek Amanulloh - Jan... Asilbek Amanulloh - Jan...
Bahriddin Zuhriddinov -... Bahriddin Zuhriddinov -...
Bexruz Tohirov - Yolg'z... Bexruz Tohirov - Yolg'z...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Pazanda - The Sound of Love
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Pazanda - Soundtrack
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
Главная » Файлы » Qiziqarli

Dunyoning eng kichik lekin katta ta'sirga ega bo‘lgan 10 ta mamlakati




 

Dunyoda shunday mamlakatlar borki ular demografik jihatdan ham va yer maydonlarining kattaligi bo‘yicha ham katta ahamiyat kasb etmaydilar, lekin ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ta'sirlari global ahamiyatga ega. Bugungi maqolamiz ana shunday davlatlar ro'yxatini birinchi o'ntaligini sizlarning e'tiboringizga havola qiladi.

1. Vatikan

Vatikan o‘zining jahon diplomatiyasiga ta'siri jihatdan dunyoda o‘ziga xos o‘ringa egadir. Davlatning bu mavqei uning tarixi va diniy roli bilan uzviy bog‘liqdir. Dastlab, Vatikan davlatini dunyoning eng qadimgi mamlakatlardan biri ekanligini unutmaslik lozim, davlatga 754-yilda asos solingan. Papalik o‘zining ilk rasmiy diplomatik bayonatlarini XI-asr oxirlariga kelib e'lon qilishni boshlaydi. Qirolliklardagi Vatikanga bo‘ysunuvchi cherkovlardagi yepiskop va ruhoniylar mavjud mamlakatlarning ichki hamda tashqi siysatlariga katta ta'sir ko‘rsatar edi. Shuningdek Papalar qirolliklarning orasidagi manfaat to‘qnashuvlari, urushlar va qarindoshlik munosabatlarini o‘rnatilishida siyosiy dallol sifatida ishtirok etgan. Yevropada uyg‘onish davrining boshlanishi hamda protestonizmning kuchayishi bilan Vatikan asta sekin o‘zining ta'sirini yo‘qota bordi. Bir tomondan bu Vatikan cherkovlarining mahalliy hokimiyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sirini yo‘qotgan bo‘lsa, boshqa tomondan Vatikanni diplomatik qobilyatini tobora takomillashtirishiga va zamon bilan hamnafas siyosat olib borishiga turtki bo'ldi.

Mamlakat 44 gektar hududda joylashgan, aholisi 1000 kishiga yaqin. Demak Vatikan mamlakatining halqaro maydondagi qudrati uning hududining kattaliga, demografiyasi, iqtisodi yoki resurslarning ko‘pligi bilan emas balki uning diniy-madaniy va diplomatik ta'siri bilan belgilanadi. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda dunyoda o‘zini rasman katolik deb tan olgan 1 mlrd 100 million kishi bo‘lib, Papa ushbu kishilarga bevosita ta'sir o'tkaza oladi. Bundan tashqari, Xristian dunyosining boshqa mazhablari va katoliklar soni kichik bo‘lgan boshqa din a'zolari asosiy ko‘pchilikni tashkil qilgan mamlakatlar ham Vatikan ta'siridan mustasno emas.

2. Singapur

1965-yilda asos solingan va 699 km² yer maydoniga ega bo‘lgan Singapur mamlakati, 80-yillarga keliboq o‘zining moliyaviy-savdo xizmatlari tufayli Osiyoning rivojlangan mamlakatiga aylanib, Osiyo yo‘lbarsi nomini oldi. Garchi hozirda iqtisodiy o‘sish darajasi pasaygan bo‘lsada, Singapur Osiyodagi Yaponiyadan keyin eng salmoqli moliya markazi mavqeini qo‘ldan bermay kelmoqda. Savdo-sotiq, port-shahar va turizm sohasida mamlakat dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi  Shu bilan birga mamlakat o‘z ta'sirini dunyoning boshqa mamlakatlariga o‘tkazishda yumshoq kuch siyosatini o‘ziga hos uslubini tanlagan. Bu ta'sir moliyaviy yoki iqtisodiy bosim-shantajlar bilan emas balki ilmiy-madaniy sohalarni keng yoyish orqali amalga oshiriladi. O‘z navbatida bu siyosat o‘zining uch yo‘nalishiga egadir:

1. Turli xil sohalardagi yuqori darajali konferensiya va ilmiy seminarlarning tashkil qilinishi. Bu tadbirlarga Singapur hukumati alohida e'tibor bilan qaraydi, dunyoning eng mashhur siyosatchilari, iqtisodchilari, olimlari va sotsiologlari ushbu kichik shahar-davlatda uchrashadilar. O‘z-o‘zidan so‘ngi 10 yil ichida Singapur yuqori doiradagi samarali uchrashuvlar va munosabatlar, aloqalar o'rnatish joyiga aylandi.

2. Singapurdagi dam olish va ko‘ngilochar maskanlarga asos solinishi va dunyoning turli mamlakatlaridan yuqori mavqeili mijozlarning mamlakatga oqib kelishi. Bu bilan Singapur nafaqat katta miqdordagi mablag‘larni o‘ziga jalb qiladi, balki dunyo hamjamiyati uchun madaniy hordiq maskaniga aylanib bormoqda.

3. 2005-yildan buyon Singapur ta'lim sohasiga katta e'tibor qaratmoqda. Hozirda mamlakat universitetlari dunyoning eng yaxshi universitetlari elliktaligiga kirishga ulgurdi va Singapur chet-el talabalarini o‘ziga jalb qiladigan muhim markazlardan biriga aylandi. Bundan tashqari oliy ta'lim sohasida yangi metodlarni ishlab chiqilishi mamlakat universitet tizimini dunyoning ko‘pchilik mamlakatlariga eksport qilinishiga olib kelindi, jumladan O‘zbekistonda ham Singapur bilan hamkorlikda menedjment instituti ochilgan.

Dunyo iqtisodining yaqin kelajakda G‘arbdan Osiyoga siljishi Singapur uchun kelajakda yanada kengroq rivojlanish yo‘llarini ochilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hozirda esa mamlakat allaqachon o‘zining global ta'sirini kuchaytirish uchun poydevorni qurib bo‘ldi desak adashmaymiz. 

3. Gonkong

Garchan Gonkong rasman Xitoyning hududiga qarashli bo‘lsada, bu iqtisodiy-madaniy jihatdan mustaqil bo‘lgan shahar-mamlakatni alohida e'tirof etish lozim.

Tarixan Buyuk Britaniyaning Osiyodagi madaniy merosxo‘ri bo‘lgan Gonkong, 99-yillik ijara shartnomasini tugashi munosabati bilan, 1997-yilda Xitoy Xalq Respublikasining tarkibiga qo‘shib olinadi. Gonkong aholisining kishi boshiga YAIMi, Osiyoda Yaponiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va mamlakat savdo-sotiq bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinda turadi. Mamlakat Xitoy tarkibiga kirgandan beri uning dunyoga ta'siri yanada kuchaydi. Kommunistik rejimdagi Xitoyning, kapitalistik mamlakatlar bilan iqtisodiy-moliyaviy oldi berdilar qilishida Gonkong ko‘prik vazifasini o‘tab kelmoqda. Bunday salohiyat bilan u dunyoga Xitoyning iqtisodiy ta'sirini yoyishida moliyaviy darg‘a bo‘lib xizmat qilmoqda.

4. Livan

O‘zini qadimgi Finikiyaning merosxo‘ri sifatida ko‘ruvchi Yaqin Sharqdagi ushbu mamlakat boshqa kichik mamlakatlardan farqli o‘laroq ulkan moliyaviy potensiallarga ega emas, uning ta'sir kuchi joylashgan geografik o‘rniga va dunyo bo‘ylab tarqalgan diasporasiga jo bo‘lgan. Dastlab mamlakat uzoq tarix davomida Arab va G‘arb dunyosi o‘rtasidagi muhim aktyor bo‘lib kelgan. Isroil davlatining yaratilishi bilan mamlakatning bu vazifasi yanada kuchaydi. Livan dunyoda o‘zining madaniyati, tili va dinining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Mamlakat poytaxtida aholi arab, fransuz va ingliz tillarida gaplashadi va bir kvartalda masjid, cherkov va sinagoklar yonma-yon joylashishi Livanliklar uchun oddiy holdir.

Ikkinchi ta'sir quroli bo‘lmish, Livanlik ko‘chib ketgan aholi mamlakatning siyosiy mavjudligida muhim rol o‘ynaydi. O‘zga davlatlarga immigrant sifatida ko‘chib ketgan ayrim Livanliklar ushbu mamlakatlarda kalit mansablarga erishganlar va ushbu mamlakatlar tashqi siyosatiga bevosita ta'sir ko‘rsatadilar.

5. Qatar

Gaz va neft resurslariga eng boy mamlakatlaridan biri Qatar, so‘ngi 10 yil ichida o‘zining mintaqaviy va global ta'sirini kuchaytirishni tashqi siyosatini asosiy mezoni deb belgiladi. Bunday pozitsiya, Qatarning bir yoqlama iqtisodi va mintaqadagi Eron va Saudiya Arabistoni orasidagi siquvga olingan geopolitik o‘rnini qaysidir ma'noda tashqi investitsiyalar va madaniy integratsiyalar orqali qoplashga urinishdir. Mamlakat YAIMning 65%i yoqilg‘i energiyasining eksportidan tashkil topgan.

Dunyoga o‘z ta'sirini o‘tkazishda Qatar portfel siyosatini o‘ziga asos qilib olgan. Gaz va neft sotishdan kirib kelayotgan mablag‘lar Qatar iqtisodida 20 mlrd AQSH dollarini ishlatilmasdan ortib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu mablag‘ esa asosan chet-ellardagi, ayniqsa Yevropadagi, lyuks xizmat ko‘rsatish muassasalarni Qatarliklar hisobiga o‘zlashtirishga sarflanmoqda. Bundan tashqari o‘zining iqtisodiy-strategik o‘rnidan foydalangan Qatar 2022-yilgi Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati o‘yinlarini o‘tkazish uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu chempionat orqali Qatar dunyo hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlab olishni ko‘zlagan. Chempionatga tayyorgarlik uchun Qatar 200 mlrd AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishni e'lon qilgan.

6. Quvayt

Xuddi Qatar kabi Quvayt ham asosan yoqilg‘i-energetik resurslar eksporti hisobiga katta mablag‘lar zaxirasini hosil qilgan. Mamlakatning 90% daromadi neft-gaz eksportidan keladi. Lekin Qatardan farqli o‘laroq Quvayt asosan madaniy sohalarni emas balki iqtisodiy-siyosiy yo‘nalishlarni mablag‘ bilan ta'minlaydi va G‘arb dunyosidan ko‘ra Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan munosabatlarni kuchaytirishga katta e'tibor qaratadi. Quvayt Saudiya Arabistoni tashqi siyosatiga yaqin yo'nalishda Osiyodagi aholisining asosiy qismini Islomning sunniy mazhabidagi kishilar tashkil qilgan mamlakatlarga ulkan iqtisodiy investitsiytalar kiritgan, shuningdek, Islomning ushbu yo'nalishini kuchaytirish maqsadida Quvayt bir qancha islomiy uyushmalarni ham moliyalashtirgan. Xususan Al-Qoida xalqaro terroristik guruhining asosiy moliyaviy manbai Quvayt davlatining byudjeti hisoblangan.

7. Isroil

Hammamizga Isroilning jahon miqyosida tutgan o‘rni sir bo‘lmasa kerak. Hududi taxminan Farg‘ona vodiysi bilan teng bo‘lgan bu mamlakat o‘zining to‘qnashuvlarga boy siyosiy tarixi va 2-Jahon Urushidan keyin Yahudiy millatiga ramziy ma'noda tortiq qilingan mamlakat statusi bilan jahonning eng mashhur mamlakatlaridan biriga aylangan. Isroilning bu qadar dunyoga katta ta'sir o‘tkazishiga bir nechta sabablar bordir. Lekin shulardan eng asosiylari yahudiy xalqining tarixiy tarqalishi va Uchinchi Reyxning yahudiylar ustidan qilgan genotsidi oqibatida Isroil davlatiga asos solinishidir. Hozirda Yahudiylar dunyoda geografik jihatdan eng keng tarqalgan millat hisoblanadi, birgina AQShning o‘zida Isroildagi yahudiylardan ko‘proq yahudiylar istiqomat qilishadi. Bu yahudiy diasporalari o'zga mamlakatlarda bir nechta yuz yillardan beri yashab kelishadi, buning oqibatida ular o‘z dinlari, madaniyati, tili va birdamliligini saqlagan holda mahalliy jamiyatlarga to‘laligicha qo‘shilib ketganlar. Hozirda yahudiylarning vakillari dunyo siyosatida va iqtisodiyotida juda muhim mansablarni egallaganlar, bu esa Isroilni ham iqtisodiy va ham siyosiy tomonidan qo‘llab quvvatlanishiga sabab bo‘lmoqda.

8. Tayvan

Xitoyning tarkibidagi lekin o‘zining alohida qonunlari va tashqi siyosatiga ega bo‘lgan ushbu davlat ham Singapur kabi Osiyo yo‘lbarslari sirasiga kiradi. Asosan moliyaviy va savdo-sotiq sohalariga ixtisoslashgan bu davlatning iqtisodi jahondagi uncha-muncha o‘rtamiyona mamlakatlarinikidan kuchliroqdir. Bundan tashqari o‘zining siyosiy mavqei yuzasidan AQSh va Xitoy o‘rtasida ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan Tayvan juda muhim strategik ahamiyatga ega. Bu esa Tayvanga ikki tomonga ham o‘z xohish-istaklarini qisman bo‘lsada bildirish imkonini bergan. 

9. Shveytsariya

Yevropaning markaziy qismida joylashgan va hududining asosiy qismi tog‘lardan tashkil topgan Shveytsariya xalqaro maydonda alohida ahamiyatga egadir. Uning moliyaviy tizimi, banklar mijozlarining anonimligini kafolati hamda soliq tizimining yengilligi, bu mamlakatga tinimsiz chet-el investitsiyalarini yog‘ilib kelishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari mamlakat dunyoda o‘zini birinchilardan bo‘lib betarafligini e'lon qilgan davlatlar sirasiga kiradi, buning natijasida esa u ko‘pchilik nodavlat xalqaro tashkilotlar uchun shtab-mamlakatiga aylandi. Mamlakatda turizm va ilmiy-texnologiya sohalari ham yaxshi rivojlangan. 

10. Birlashgan Arab Amirliklari

BAAni Fors ko‘rfazining Shveytsariyasi desak xato bo‘lmaydi. Lekin BAAi barcha Fors ko‘rfazi mamlakatlari kabi yoqilg‘i-energetik resurslariga juda boydir. Resurslar hisobidan keladigan katta mablag‘larni BAAi mamlakatda ochiq xalqaro moliya tizimini yaratishga sarfladi va uni yaratishga erishdi. Hozirda Dubay Osiyoning Yaponiya va Singapurdan keyingi asosiy savdo-sotiq operatsiyalari amalga oshiriladigan shahriga aylandi. Bundan tashqari mamlakat ilm-fan, turizm va ekologiya sohalarini rivojlantirishga qattiq bel bog‘lagan.

Iqtisodiy va moliyaviy o'sishga qaramasdan hududi kichik davlatlar uchun xavfsizlik masalasi doimo markaziy o'rin egallaydi. Chunki ular o'z mudofasini va harbiy salohiyatini aholisi soni kamligi va hududi kichikligi tufayli keng ko'lmada rivojlantira olmaydilar, shu sababdan yuqoridagi kabi kichik lekin rivojlangan mamlakatlar yirik qudratli mamlakatlar kafolatiga suyangan holda o'z xavfsizligini ta'minlashga harakat qiladilar. Ulardan ko'pchiligi yirik davlatlar orasidagi raqobat tufayli tashqi siyosatini goh u tomonga, goh bu tomonga og'dirgan holatda suverentitetini saqlashga urinsa, qolganlari to'laligicha yirik davlatlarning harbiy himoyasini o'zlariga kafolat qilib olishadi.

1990-yildagi Iroqning Quvaytga interventsiya qilishi yoki Isroil mamlakatining yon atrofidagi Arab mamlakatlari munosabatlari ushbu harbiy ojizliklarga yaqqol misoldir. Natijada kichik davlatlar tashqi siyosatida diplomatiyaga katta e'tibor qaratadilar, harbiy sohani esa son jihatidan emas, sifat jihatidan rivojlantirishga harakat qiladilar. Masalan Isroil harbiy kuchlari dunyodagi texnologik jihatdan eng zamonaviy armiyalaridan biri hisoblanadi, shuningdek mamlakatning maxfiy xizmati (Mossad) professionallik jihatidan ko'pchilik qudratli mamlakatlar maxfiy xizmatlarini ortda qoldiradi.

Yana bir bor mamlakatning suvirenteti uchun hudud va demografik faktrolar muhim o'rin tutishini biz guvohi bo'lamiz.


Категория: Qiziqarli
Просмотров: 6092 | Голосов:: 1| Теги:: shaharlar, Dunyo, Moliya va geopolitika
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 01:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Umar Shamsiyev - Mayli-mayli  
. Iroda Dilroz - Ikkimiz  
. Nilufar Usmonova - Kel Ikkimiz  
. Lola ft. Shaxriyor - Ko'nikmadim  
. Dilso'z - Vatanni sevish kerak  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Chaqaloqlar (New Version)  
. Munisa Rizayeva - Sensiz  .
. Nilufar - Orzular  
. Shahzoda feat. Dr. Costi - Billionaire  
. Asilbek Amanulloh - Janee  
. Baxrom Nazarov - Yana Keldim  
. Shoxruz (Abadiya) ft. Maxsuma - Yuraklarda  
. Shaxboz va Navruz - Yuragimdan O'chiray  
. Farhod va Shirin - Voha Voha  
. Farrux Raimov - Olmaxonim  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Siz yig'lamang  .
. Bexruz Tohirov - Yolg'izman (OST) Yolg'izlar  
. Eldido Guruhi - Sevamande Baralla  
. Sardor Rahimxon - Друг  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Vatan Bilan Bo'l  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola