Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Eng Qimmat film! Tomoshabin qani?

“Oyqiz ertagi” filmi uzoq vaqt davomida yaratildi. Murakkab suratga olish jarayonlari, murakkab montaj jarayonlari, murakkab kompyuter grafikasi... va eng g‘ayrioddiy voqea esa – tomoshabin kelishi ham murakkablashib qoldi!
Shu paytgacha yaratilgan kartinalar orasida eng qimmat byudjetga ega kartina namoyish etilayotgan zallar huvillab yotibdi! Qiziq, nega?
Kinosaroydagi manbalarga ko‘ra, bugun 11.00dagi namoyishga 20 taga yaqin tomoshabin kelgan. “O‘zbekkino” katta umidlar bilan ajratgan 1 milliard 600 million so‘mdan ortiq pul evaziga ekran yuzini ko‘rgan “ertak” odamlarda ham ertaknamo kayfiyat uyg‘otganday. Yo tomoshabin faqat reallikka yaqin voqealarga o‘rganib qolganmikan? Hali yoz boshlanmadi. Odatda, yoz oyini  kino va konsert tomoshasi uchun “o‘lik” mavsum deyishadi. Biroq, premerasidan buyon kinosaroyga tomoshabin oqib kelgani hanuz qayd etilmagani esa achinarli.
Yosh rejissyor Akbar Bekturdiev ishini qoyillatgan deya e’tirof etishmoqda. Aktyorlar ansambli ham mashhur qiyofalardan iborat. Bannerlarda tarixiy liboslar, ertaknamo dizayn boshqalardan mutlaq ajralib, e’tiborni tortadi. Lekin natija esa “tuya hammomni orzu qilibdi” kabi!
Dalillarga tayansak, “O‘zbekkino” milliy agentligi byudjeti hisobiga yaratilgan aksar filmlar moliyaviy omadsizlikka yuz tutib kelayotir. Byudjetdagi “vakuum”ni to‘ldirish vazifasi xususiy kinosektorning zimmasiga qolmoqda(mi)?! Bu hol qachongacha davom etadi?
“Faryod”, “Superkelinchak”, “Kelgindi kelin”, “Fotima va Zuhra” kabi kartinalar muvaffaqiyati esa hozircha orzu bo‘lib qolayotir!
Pul bo‘lsa, “bo‘ladigan”, ommabop va tomoshabop kartina yaratardik deya noliydigan ijodkorlar talay. Biroq, byudjeti milliarddan oshsa ham tang ahvoldan boshqasiga erishilmadi-ku?
Demak, masala boshqa tomonda!
P.S. Hollivudda ham bir necha kunlar oldin katta shov-shuvlar ila premera qilingan “Ovchi. Qish jangi” kartinasi ham boks-ofis natijalarida oqsoqlanib qoldi. Bu kartina janri ham ertak voqealariga asoslanadi. Malika obrazidagi  Sharliz Teron ijrosi, oltin ko‘zgu, o‘ta zamonaviy kompyuter grafikalari ham kartinani moliyaviy inqirozdan asrab qololmadi. Biroq, filmning saundtreki ( Halsey – “Castle”) ommalashdi!
Jasur HAMROYEV  


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 9297 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Oyqiz ertagi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное