Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Facebook’da to‘liq ko‘rinmas bo‘lishning oddiy usuli

Facebook’da o‘zingizdan boshqa hech kim faoliyatingizni kuzata  olmasligi, suratlaringizni tomosha qila olmasligini istasangiz, “Layfxaker” nashri bergan ko‘rsatmalarga rioya qiling.
1.Profilingizning yuqori o‘ng burchagidagi qulf belgichasini bosing, so‘ng “Boshqa sozlamalarni ko‘rish”ni tanlang.
2.“Maxfiylik sozlamalari va asboblar” bo‘limiga o‘tdingiz. Endi “Siz chop qilgan narsalarni kimlar ko‘ra olishi mumkin?” degan punktda “Faqat men” bandini tanlang.
3.Siz avvalgi postlaringizni ham ko‘rinmaydigan qilib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun “Oldingi postlarni ko‘rishni cheklash”ni bosib, so‘ng harakatlaringizni “Ushbu cheklovlarni oldingi postlar uchun qo‘llash” tugmasini bosib tasdiqlang. Endi sizning avvalgi postlaringizni faqat do‘stlaringiz ko‘ra oladi.
4.“Sizga kimlar do‘stlar safiga qo‘shish so‘rovini yubora oladi?” punktida “Hamma”ni “Do‘stlarning do‘stlari”ga o‘zgartiring. Shu tariqa sizga doimiy ravishda keladigan do‘stlik so‘rovlari ancha kamayadi.
5.“Kimlarning postlarini ‘Kiruvchi xabarlar’ papkasida ajratib tashlashni istayman?” punktida asosiy filtrni kuchli filtrga o‘zgartiring.
6.Agar barcha foydalanuvchilar ham sizni elektron pochta manzili orqali topishini istamasangiz, “Kimlar sizni o‘zingiz ko‘rsatgan elektron pochta manzili orqali topishi mumkin” punktida “Hamma”ni “Do‘stlar”ga almashtiring.
7.Xuddi shu sxema “Sizni kimlar o‘zingiz ko‘rsatgan telefon raqami orqali topishi mumkin” punkti uchun ham amal qiladi.
8.Agar boshqa kishilar sizni qidiruv tizimlari orqali topishini istamasangiz, “Qidiruv tizimlariga Xronikangizga link berish uchun ruxsat berish” punkti qarshisida “galochka” qo‘yilmaganiga ishonch hosil qiling.
9.So‘ng menyuning “Xronika va belgilar” bandiga o‘ting va barcha punktlar qarshisiga “Faqat men”ni belgilab chiqing. So‘nggi “Sizga o‘xshaydigan odam tasviri bo‘lgan suratlar yuklanayotganida belgi qo‘yish tavsiyasini kimlar ko‘radi” punktida esa “Hech kim”ni tanlang.
10.Shuningdek, “Do‘stlaringiz sizni belgilagan suratlar sizning Xronikangizda chiqishidan avval ko‘rib chiqish uchun jo‘natish” hamda “Boshqa foydalanuvchilar sizni belgilagan suratlar Facebook’da chiqishidan avval ko‘rib chiqish uchun jo‘natish” kabi parametrlarni ham yoqib qo‘yishni unutmang.
11.Agar postlaringizni do‘stlaringizdan boshqa hech kim ko‘ra olmasligini istasangiz, menyuning “Obunachilar” bandiga o‘ting va “Mening yangilanmalarimga kimlar obuna bo‘la oladi” punktida “Hamma”ni “Do‘stlar”ga o‘zgartiring.
12.Shundan so‘ng menyuning “Reklama” bandiga o‘ting va “Uchinchi shaxs saytlari” punkti qarshisida “Tahrirlash” tugmasini bosib, “Hech kim”ni tanlang. Xuddi shu harakatni pastroqdagi “Reklama va do‘stlar” punktida ham bajaring.
13.Va nihoyat, menyuning “Dasturlar” bandiga o‘tib, “Facebook’ning mobil qurilmalar uchun eski versiyalari” → “Faqat men” punktini tanlang. Shunda Facebook’ning eski mobil dasturlari orqali yozilgan eski postlaringiz boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2292 | Рейтинг: 0| Рейтинг: facebook
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное