Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

FIFAning to‘qqiz nafar rahbari korrupsiyada ayblandi

Tashkilot rahbarlari 150 million dollar o‘marganlikda ayblanishmoqda

Xalqaro futbol federatsiyasida (FIFA) navbatdagi janjal avj oldi. Syurixda tashkilotning to‘qqiz nafar rahbari korrupsiyada ayblanib, qo‘lga olindi, yana besh nafar qo‘mita a’zosiga ayblovlar qo‘yilgan. Tekshiruvlar amerikaliklar tashabbusi bilan amalga oshirilgani sababli aybdorlar AQShga ekstradatsiya qilinishi mumkin.

Xususan, Baur Au Lac mehmonxonasida FIFA ijroiya qo‘mitasining ikki nafar vise-prezidenti - Jeffri Uebb i Euxenio Figeredo, shuningdek qo‘mita a’zosi Jek Uorner hibsga olindi. Federatsiya vakillari Syurixda har yili bo‘lib o‘tadigan FIFA majlisida ishtirok etish uchun yig‘ilgan edi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, FIFAning noqonuniy pul aylanmasi 100 million dollardan ortadi.

29 may kuni FIFA prezidenti saylovini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu mansabga beshinchi marotaba tashkilotning hozirgi rahbari Yozef Blatter nomzodi qo‘yilmoqda.

AQSh Bosh prokuraturasi FIFA olgan poralar summasini e’lon qildi. Tashkilot olgan poralarning umumiy miqdori so‘nggi 19 yilda 10 milliard dollardan oshgan. Bu haqda AQSh prokurori Loretta Linch ma’lumot berdi, deya xabar beradi TASS.

Linch FIFA vakillarining Syurixda qo‘lga olingani uzoq muddatli tekshiruvlardan keyin amalga oshirilganini ma’lum qildi.

FIFAning korrupsiyada ayblanayotgan olti nafar a’zosi 150 million dollar miqdoridagi noqonuniy daromadni qaytarishga rozi bo‘lishgan.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2475 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Fifa, rahbar, korrupsiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное