Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

«Real» FIFAning qarorini mutlaqo adolatsiz deb hisobladi

«Real» klubi FIFA tomonidan qo‘yilgan transfer taqiqi yuzasidan bayonot berdi.
«Bugun «Real» FIFA tartib-intizom qo‘mitasining qarorini oldi. Unda keyingi ikkita transfer muddati davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangan va jamoaga 360 ming frank jarima solingan.
«Real»ni quyidagi bandlar bo‘yicha jarimaga tortishgan:
1. 18 yoshga to‘lmagan futbolchilar Ispaniya futbol federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tmasdan o‘ynagani to‘g‘risida;
Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Yoshlar jamoalarimizda o‘ynagan futbolchilarning barchasi maydonga chiqishdan oldin Federatsiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Buni tasdiqlovchi hujjatimiz bor. U 2015 yil 17 aprel sanasi bilan ro‘yxatga olingan.
2. 18 yoshga to‘lmagan xorijlik futbolchi bilan shartnoma imzolash, ularning Ispaniyadagi registratsiyasi qonunga zid ravishda amalga oshirilgani haqidagi ayblov;
Bu ayblov ham asossiz. «Real» hamisha FIFAning barcha talablariga bo‘ysunib kelgan.
12-18 yoshdagi futbolchilar FIFAning talablariga mos ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va Ispaniya futbol federatsiyasidan tegishli ruxsatnoma olingan.
12 yoshga to‘lmagan ispaniyalik futbolchilar uchun esa registratsiya talab qilinmaydi. Bu Federatsiya va FIFA talabiga mos.
3. O‘yinchilarni Ispaniya futbol federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan o‘ynatish;
Bu haqidagi ayblov ham noto‘g‘ri. «Real»ning barcha yoshlar jamoalari akademiyaga birlashtirilgan bo‘lsa-da, futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi xabar hamisha Ispaniya futbol federatsiyasiga berib turilgan. Ularning har birida tegishli lisenziya bor. Buni isbotlab bera olamiz.
«Real» FIFAning qarorini mutlaqo adolatsiz deb hisoblaydi va bu qarorga qarshi kurashadi», – deyiladi «Real»ning bayonotida.


Manba:kun.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 5665 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Fifa, real
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное