Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Kuz ertagi-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Gulnora Karimova 13 yilu 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

Bugun, 2020 yil 18 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida G.Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati.

O‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilar, guvohlar, jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi, dalillar tekshirildi va sudlanuvchilar himoyachilarining vajlari muhokama qilindi.
Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi G.Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.
Sud hukmi bilan G.Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat qonunchiligi normalariga muvofiq hamda bir necha jinoyat va hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanganligini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblash belgilandi.
Qolgan sudlanuvchilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning og‘irlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi ishtirokidan kelib chiqib, tegishli jazolar tayinlandi.
Xususan, sud hukmiga ko‘ra, N. Sodikovga 20 yil, O. Sviridovga 17 yil 3 oy, A. Ergashevga 18 yil 1 oy, Sh. Sabirovga 17 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi, G. Avakyanga 3 yil sinov muddati bilan 5 yil 3 oy 21 kun shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
J.Abduraxmanov va B.Teshabaev esa javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilindilar.
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaga oid navbatdagi «delo» sudga yuborilib, u yana bir uyushgan jinoiy guruhga ega bo‘lganligi aniqlangandi.


Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4991 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ozodlikdan mahrum qilindi, Gulnora Karimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное