Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Gulnora Karimova Shveysariya sudida yutqazdi


 Gulnora Karimova tomonidan 800 million Shveysariya frankining 700 million dollarlik qismi musodara etilishi yuzasidan kiritilgan ariza jinoiy ishlar bo‘yicha Shveysariya federal sudi tomonidan rad etildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.

Hukm 31-iyul kuni chiqarildi. Karimovaning apellyatsiyasi uning Jenevadagi advokati Greguar Manja tomonidan kiritilgan edi. Shveysariyadagi hisoblarga joylashtirilgan va band solingan 800 million frankning 701 million dollarlik qismi musodara etilishiga qarshi da’vo yutqazildi, deyiladi xabarda.

22-may kuni mamlakat prokuraturasi Gulnora Karimovaning hisoblaridagi 686,7 million dollarni O‘zbekistonga qaytarish borasida qaror qabul qilgandi.

 



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10649 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Gulnora Karimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное