Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Gulnora Karimova o‘margan pullar qaytarilyaptimi?


Bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari bilan OAV vakillarining uchrashuvida bir mavzudan chetlab o‘tishning iloji yo‘qdek. Mavzuki, Gulnora Karimovaga taalluqli.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuratura mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ayni mavzu yana ko‘tarildi.

Avvaliga uning salomatligi so‘raldi: tuzukmi?

Javob mazmuniki, sog‘ligi qoniqarli, jazoni o‘tashiga monelik qilmaydi.

Yana so‘raldi: uning xorijdagi aktivlarini qaytarish bo‘yicha qanday yangiliklar bor?

Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashevning izoh berishicha, xorijdagi aktivlarini qaytarish murakkab jarayon. Bunday masala xalqaro huquq me’yorlariga asosan chet davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Demak, mavzu hali beri kun tartibidan tushmaydi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3357 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘margan pullar, qaytarilyaptimi, Gulnora Karimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное