Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Pazanda - Soundtrack
. Qirolicha - Soundterck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Jumong-soundtreck
. Pazanda - The Sound of Love
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Gulnora Karimovani 7 advokat himoya qilayotgani aytildi


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi – Fond Forum vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova ayni vaqtda hibsda va jinoyatlari uchun jazo muddatini o‘tamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa uning qizi Imon Karimova onasining hibsda qolish muddati sun’iy uzaytirilgani haqida bong urib, advokatlar bilan uchrashuvga ruxsat berilmayotganini iddao qilmoqda.

Bosh prokuratura bayonoti esa kichik Karimovanikidan farq va ishonchli. Ayni vaqtda AQSh, Shveysariya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va Latviya kabi xorijiy davlatlar bilan Gulnora Karimovaning jinoiy yo‘llar orqali topgan va ushbu davlatlarning ayrimlarida jinoyat ishlari doirasida 1,3 mlrd AQSh dollardan ortiq daromadlarini qaytarish ustida ish olib borilmoqda.

Mazkur hamkorlik davomida xalqaro tuzilmalar va fuqarolardan Gulnora Karimovaning ilgari e’lon qilingan hukmlarda nazarda tutilmagan yangi jinoyatlari to‘g‘risida xabarlar kelib tushgan.

Hozirgi kunda, tergov tomonidan Gulnora Karimova unga respublika sanoat korxonalarida faoliyat yuritgan va juda ko‘p miqdordagi jinoiy daromadlardan ulush berib kelgan yana bir uyushgan jinoiy guruhga ega bo‘lganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Gulnora Karimova fuqarolar va turli kompaniyalar egalariga bosim o‘tkazish va qo‘rqitish yo‘llari orqali ularning mulklarini o‘ziga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan.

Mazkur tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida yetkazilgan zararning miqdori 165 mln AQSh dollari va 85 mlrd so‘mdan ko‘proqni tashkil qildi.

Jinoyat ishi tergovi jarayonida Gulnora Karimovaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini o‘zi va yaqin qarindoshlari tomonidan jalb qilingan 7 nafar advokatlar himoya qilmoqda. Shuningdek, advokatlarning barcha tergov harakatlarida ishtiroki va u bilan hech qanday cheklovlarsiz holi uchrashish imkoniyati ta’minlangan.

Qalampir.uz Tahririyati



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2246 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qilayotgani aytildi, himoya, advokat, Gulnora Karimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное