Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Gulnora Karimovaning qizi akasining yoniga ketdi


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Imon Karimova 28 sentabr kuni "Toshkent" Xalqaro aeroportidan Londonga uchib ketgan. U samolyotga o‘tirish taloni suratini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Ma’lumki, Imon Karimovlar oilasining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning farzandi sanaladi.

2013 yil oxirlarida Gulnora Karimova oilasi boshida qora bulutlar to‘plandi. Unga tegishli tashkilotlar, shirkatlar yopildi, moliyaviy ishlarga bosh-qosh bo‘lganlar hibslandi, aloqadorlar so‘roqqa tortildi.

O‘sha kezlarda Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov Londonda edi va u O‘zbekistonga hamon kelgani yo‘q. Bu orada Birinchi Prezident Islom Karimov vafot etdi. Janoza marosimida Gulnora Karimova ham, uning farzandlari ham ishtirok etmadi.

2017 yilning 31 avgust kuni Islom Karimov faoliyat yuritgan "Oqsaroy" qarorgohida Islom Karimov siymosi aks etgan haykal ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Karimovlar oilasi nomidan Tatyana Karimova, Lola Karimova-Tillyayeva va Imon Karimova ishtirok etdi. Imon xolasi bilan bobosi haykali poyiga gul qo‘ygan edi.

Imon o‘tgan vaqt davomida na onasi va na buvisi bilan yashagan. Bir muddat "Turkiston" mehmonxonasida qolgan. U buvisi tomonidan hadya qilingan uyni rad etgan. Keyinroq, unga oilaning qadrdon do‘stlaridan biri uy va mashina sovg‘a qilgani ma’lum.

Ayni damda Gulnora Karimova ustidan Shvesiyada sud ishi boshlangan. U katta miqdorda pora olishda ayblanmoqda.

Internetdagi mulohazalarda taxmin qilinishicha, Imon Karimova akasi Islomning yoniga ketgan. Bir necha yildirki, kichik Islom Karimov Londona istiqomat qilib keladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 11762 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Gulnora Karimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное