Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Gulsanam Mamazoitova muxlisi bilan gap talashib qoldi

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova kamdan-kam intervyu beradigan san’atkorlardan. Uning bo‘sh vaqtini topish qiyin. Doim tadbirlar, xalq xizmati, gastrol safarlari bilan band... Ammo ko‘p sonli muxlislarning talab va takliflariga ko‘ra “Darakchi” gazetasi jurnalisti u bilan suhbatlashishga muvvaffaq bo‘ldi.
Intervyu davomida xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bir muxlisi bilan gap talashib qolgani xususida savol berildi:
— Yaqinda suratlaringizning izohlarida bir muxlisingiz bilan gap talashib qolganingizga guvohbo‘ldik.
— Menimcha har bir masalaga oydinlik kiritish kerak. Ba’zida biz san’atkorlarning gapini muxlislar noto‘g‘ri tushunishi mumkin. Ana shunday holatlarda vaziyatni qo‘lga olish kerak. Ya’ni, men gaplarga oydinlik kiritish maqsadida albatta javob qaytaraman. Ammo men hech qachon yomon, qo‘pol gapirmaganman. Yaxshi gaplar bilan hammasini joyida hal etaman. Yana bir gapni alohida aytib o‘tishim kerak. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda salbiy fikr bildirgan muxlislarni hech qachon ayblamaganman. Sababi ular bizni yaxshi tanishmaydi, ko‘rmay-bilmay turib noto‘g‘ri tushunib qolgan bo‘lishlari mumkin, xolos. Shuning uchun ularning fikrlarini ham inobatga olish kerak.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8662 | Рейтинг: 1| Рейтинг: GULSANAM MAMAZOITOVA
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное